Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida
tarkib topadi. Ixtiyoriy diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning ke-
chishini boshqarib turishdan iborat.
Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotira-
dan o‘zi uchun zarur ma’lumotlarni
faol tarzda, tanlab «ajratib
olish»ga, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo
bo‘ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli bo‘ladi.
Diqqatni kuchli qo‘zg‘atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va
bo‘yoq, kuchli hid jalb etadi.
Diqqatning taqsimlanishi
ikki va undan ko‘proq faoliyat turlari-
ning (bir qancha harakatlarning) bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli
bajarish imkoniyati bilan bog‘liq xususiyat. Diqqatning yuksak daraja-
da taqsimlanishi – ko‘pgina hozirgi
zamon mehnat turlari
muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Masalan,
operatorlar, ko‘plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilari
va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi.
Diqqatning ko‘chishi ma’lum obyektning bir faoliyatdan ikkinchi
bir faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi bir obyektga, bir harakatdan
ikkinchi bir harakatga o‘tishida namoyon bo‘ladi. Diqqatning ko‘chi-
shi yo ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning talablariga yoki
o‘zgarib ketayotgan shart-sharoitlarga muvofiq
tarzda yangi faoliyatga
kirishish zaruratiga bog‘liq bo‘ladi.
Faqat obyektlar va jarayonlar o‘zgarib, faoliyat esa uzoq vaqt da-
vomida o‘zgarmasdan qolgan hollarda diqqatning barqarorligi doirasi-
da uning ko‘chishi yuz beradi. Bunday ko‘chish uzoq davom etadigan
ish paytida charchashning oldini oladi va shu bilan diqqatning
barqarorligini oshiradi. Lekin bu tez-tez takrorlanavermasligi lozim,
aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxo-
tirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga
layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bo‘linib turishida na-
moyon bo‘lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko‘rinishi ko‘pincha
ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlik-
ning sabablaridan biri hisoblanadi. Parishonxotirlikni
keltirib chiqa-
ruvchi sabablar nimalardan iborat? Parishonxotirlik shaxsning barqa-
ror xislati sifatida ixtiyoriy diqqat sustligining ko‘rsatkichi hisoblanadi
va u noto‘g‘ri tarbiya natijasida bo‘lishi mumkin. Bunday pari-
47
shonxotirlikka qarshi, avvalo, shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan-
tirish yo‘li bilan kurash olib borish kerak.
Tevarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar,
hidlar va harorat, miqdor va ko‘plab boshqa narsalar to‘g‘risida biz
sezgi organlari tufayli bilamiz. Kishi sezgi a’zolari yordamida tashqi
va ichki muhitning holati haqida rang-barang axborot olib turadi.