O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
A K A D E M I Y A
B. N. SIRLIYEV
A. A.
BEKNAZAROV
D. N. ARZIQULOV
P S I X O L O G I Y A
Ma’ruzalar to‘plami
Toshkent 2005
BBK 88ya73
S-14
S-14
Sirliyev B. N., Beknazarov A. A., Arziqulov D. N.
Psixologiya: Ma’ruzalar to‘plami. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2005. – 136 b.
Mazkur ma’ruzalar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
tinglovchilariga psixologiyaning boshlang‘ich va asosiy tarmog‘i bo‘lgan umumiy
psixologiya asoslarini o‘rgatish maqsadida tuzilgan. Unda psixologiya fani haqidagi
eng
qadimgi qarashlardan tortib, to hozirgi zamon Sharq va G‘arb olimlarining bu fan
xususidagi nuqtai nazarlariga asoslanilgan.
To‘plam tinglovchilarni psixologiya fani bilan yaqindan tanishtirish, ularga
kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan psixologiyaga oid bilimlarni berish, kerakli
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
BBK 88ya73
T a q r i z c h i l a r :
psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent
Safoyev N. S.
yuridik
fanlar
doktori,
professor
Zaripov Z. S.
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 y.
SO‘Z BOSHI
Mamlakatimizda boy ma’naviy salohiyat va umuminsoniy qad-
riyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, ilmi, texnikasi va texno-
logiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizi-
mini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri
hisoblanadi.
Bu muammoni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respub-
likasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul
qilindi. Mazkur qonun hamda dasturda shaxs va uning shakllanishiga
katta e’tibor qaratilgan, ya’ni shaxs «o‘zbek modeli»ning asosiy
tarkibiy qismi sifatida modelning bosh subyekti va obyekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi
va amalga oshiruvchisi deb
ta’kidlab o‘tilgan.
Ma’lumki, shaxs bir qator fanlarning obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsni bevosita va bavosita o‘rganadigan fanlar sirasiga psixologiya
fani ham kiradi. Xuddi shu maqsadda barcha oliy o‘quv yurtlari o‘quv
rejalariga psixologiya fani ham kiritilgan bo‘lib, u huquqshunoslik
sohasida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun ixtisoslik fani
hisoblanadi.
Mazkur ma’ruzalar matni ham psixologiyaning boshlang‘ich va
asosiy tarmog‘i bo‘lgan umumiy psixologiya mavzulari asosida
tayyorlangan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayot-
gan birinchi bosqich tinglovchilarining psixologiya
fani bilan tanish-
tirish, ularga kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan psixologiyaga oid bi-
limlarni berish, kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan.
Ma’ruzalar matnida quyidagilar xususida so‘z yuritiladi: psixolo-
giya fanining nazariy-metodologik va tabiiy-ilmiy asoslarini ochib
berish, psixologiya fanining asosiy kategoriyalari bo‘lgan psixika,
ong, shaxs, faoliyat, psixik ko‘rinishlar,
jarayonlar, holatlar va shaxs-
ning individual-psixologik xususiyatlari haqida hamda faoliyatning
3
asosini, muomala va ijtimoiy tasavvurlarni psixologik o‘rganish,
psixodiagnostika asoslari, shaxsning xususiyatlarini, psixik holatini,
muomala va tasavvur qonuniyatlarini o‘zlashtirish
haqida qisman
ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon qilingan.
Ushbu qo‘llanma tinglovchilarni bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlariga
psixologik jihatdan tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, unda psixologiya
fani haqidagi eng qadimgi qarashlardan tortib, to hozirgi zamon G‘arb
va Sharq olimlarining bu fan xususida olib borgan ilmiy tadqiqot
ishlari chuqur tahlil qilingan holda berilgan.
Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan psixologiyadan
ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi psixologiya va kasb etikasi kafedrasining professor-
o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan.
4