– psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi.
Determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishi-
ni va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Agar
hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixika-
ning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgi-
lanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa,
u holda
kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard na-
tijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini ri-
vojlantirish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-ta-
rixiy xususiyatga ega ekanligini tushuntirish kishi ongining ijtimoiy
borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik
prinsipdan kelib
chiqadigan eng muhim xulosadir.
Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan prinsipi
ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan o‘xshash ham
emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki
rejasini, uning dasturini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan mo-
deli aynan ongda hosil bo‘ladi, odam o‘zini qurshab turgan muhitda
uning yordamida mo‘ljal oladi.
Ong va faoliyatning birligi prinsipi
psixologlarga xulq-atvorni,
faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadiga erishishning muvaf-
faqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni
psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika
va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi shuni anglatadiki,
psixika
agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan
bo‘lsagina, u to‘g‘ri ta’riflangan bo‘ladi. Aynan shunday nuqtai nazar
P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyev, S. L. Rubinshteyn,
B. M. Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida ham o‘z aksini topgan.
Psixikaning taraqqiyotini dialektik-materialistik nuqtai nazardan
tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga,
o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy
tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan
psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. S. L. Rubinshteyn
ong faoliyatda paydo bo‘lib,
ana shu faoliyatda shakllanadi, deb
ta’kidlagan edi.
Psixologiyaning kategoriyalari quyidagilardan iborat:
– bilish jarayonlari;
– emotsional-irodaviy holatlar;
12
– individual-psixologik xususiyatlar.
Bilish jarayonlari