• XDFU ___ -son Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
  • Oʻzbekiston respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi




    Download 41,59 Kb.
    Sana31.05.2024
    Hajmi41,59 Kb.
    #258434
    Bog'liq
    LoadedDocument (2)







    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI


    INVESTITSIYALAR, SANOAT VA SAVDO VAZIRLIGI



    MINISTRY OF INVESTMENT, INDUSTRY AND TRADE
    OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


    {date.day}-{date.month} {date.year}-yildagi

    {number}-son









    XDFU ___ -son


    O'zbekiston Respublikasi
    Vazirlar Mahkamasi


    Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2024 yil 26 apreldagi
    50-son bayonining 7-bandida Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev, Komilov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Xolmurodov) bir oy muddatda zarur bo‘lgan holda “Sanoat texnoparki majmuasi tashkil etish” yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish, qo‘shimcha yerlar ajratgan holda alohida maxsus sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasi ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda hujjat loyihasini kelishib Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.
    Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2017 yildagi
    PF-5032-son Farmoniga asosan Zomin tumani G‘allakor MFY hududida “Zomin farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan bo‘lib, uning umumiy yer maydoni
    203,5 gektar, shundan foydali yer maydoni 177,5 gektarni tashkil etadi. Bugungi kunda EIZning 73,5 gektar maydoni bo‘sh yer hisoblanib, ushbu yer maydonida yangi investitsiya loyihalarni joylashtirish imkoniyati mavjud.
    Maxsus sanoat zonalari hududida loyihalar amalga oshirishda 2020 yil
    17-fevraldagi 604-son “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublika Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq investorlarga bir qator bojxona va soliq imtiyozlari taqdim etilishi;
    Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investisiya bitimiga muvofiq investisiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlari, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun import qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi;
    Foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investisiyalar hajmiga qarab 3 mln dollardan 5 mln dollargacha bo‘lgan miqdordagi investisiyalar uchun 3 yil muddatga, 5 mln dollardan 15 mln dollargacha bo‘lgan miqdordagi investisiyalar uchun 5 yil muddatga, 15 mln dollar va undan yuqori miqdordagi investisiyalar uchun 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.
    Shuningdek “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublika Qonunining 20-moddasiga asosan Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish yoki uni tugatish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan amalga oshirilishi belgilangan.
    Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.06.2022 yildagi PF-153-son Farmoni 10-band 2-xatboshida farmasevtika sohasiga ixtisoslashgan maxsus sanoat zonalari hududlarida ushbu zonalarning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga zarar yetkazmaydigan boshqa yo‘nalishdagi korxonalarni o‘rnatilgan tartibda joylashtirish ko‘rsatilgan.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda Zomin tumanida “Sanoat texnoparki majmuasi” yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun alohida maxsus sanoat zonasi tashkil etishga zaruriyat mavjud emasligini inobatga olib, ushbu loyihani “Zomin farm” EIZ hududiga joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
    Shu bilan birga, Jizzax viloyati hokimligi tomonidan belgilangan tartibda “Sanoat texnoparki majmuasi tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasi ishlab chiqilib, kelishish uchun yuborilgan taqdirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan qisqa muddatda ko‘rib chiqib xulosa taqdim etilishi ma’lum qilinadi.

    Vazirning
    birinchi o'rinbosari



    N. Xolmurodov




    3 nusxada chop etildi
    1-son nusxa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
    2-son nusxa yig‘ma jildga
    3-son nusxa devonxonaga
    Ijrochi: R.Abdullayev.
    Tel.: (71)238-50-00 (339)

    100029, Toshkent shahri, I.Karimov koʻchasi, 1uy. Tel.: +998712385190; +998712385294; +998712385290; +998712385090. exat: miit@exat.uz. www.miit.uz




    Download 41,59 Kb.




    Download 41,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Download 41,59 Kb.