|
O‘quv kursining maqsad va vazifalari
|
bet | 3/21 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 390 Kb. | | #144807 |
Bog'liq Santexnik 54. O‘quv kursining maqsad va vazifalari
4.1. O‘quv kursining asosiy maqsadlari quyidagilardir:
Dasturning maqsadi kasbiy faoliyatning yangi turini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarni olishga, yangi malakalarga ega bo'lishga qaratilgan 2-daraja doirasida Chilangar-santexnik ishchi kasbi bo‘yicha kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish, bino va inshoot qismlarini kommunal xoʻjaligi, suv ta’minoti oʻrnatish va ta’mirlash ishlarini bajarish bilan bog'liq masalalarni o‘rganishni o'z ichiga oladi. Amaliy ta’lim dasturi (ishlab chiqarish ta’limi) zamonaviy texnologiya asoslari va ishlab chiqarish texnologiyasi, shuningdek, olingan bilimlarni aniq ishlab chiqarish vaziyatlari bilan mantiqiy bog‘lash qobiliyatiga oid masalalarni o‘rganish hisoblanadi.
4.2. O‘quv kursining asosiy vazifalari bo‘lib:
chilangar-santexnik kasbi bo‘yicha kasbga o‘rgatish sifatiga qo‘yiladigan zaruriy talablarni belgilash;
o‘quv reja va o‘quv dasturlar, bitiruvchilarga egallagan bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilish usullari va baholash mezonlari to‘gʻrisidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish uchun zamin yaratish hisoblanadi.
5. Ta’riflar
Mazkur o‘quv kursida quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:
kasb – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir.
ko‘nikma - muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat
malaka talabi – uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;
kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmui;
|
| |