II BOB O`QUVCHILARNI KЕSIM VA QIRQIM BAJARISHGA O`RGATISH INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH




Download 1.95 Mb.
bet3/10
Sana19.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#52724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FAYZULLAYEVA OZODANING
@Ziyolilarga 1-4 jismoniy tarbiya, Bilimlar bellashuvi физика, олимпиада с-9 физика, AXMADJONOVA SEVARANING 2, INKLYUZIV Karimova G, Hosila yordamida funksiyani toʻla tekshirish, MAXAMMADKARIMOVA MUXLISA test, TURSINBAYEVA ZIYODANING, JAXBARALIYEV ERKINANING, 555, O’ralova Gulasal test, Olimova Zarina B.S, Olimova Zarina test, Murodov G\'olibjon fizika Mustaqil ish

II BOB O`QUVCHILARNI KЕSIM VA QIRQIM BAJARISHGA O`RGATISH INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

2.1 Murakkam qirqim bajarish talab qiladiga detallar chizmasini bajarishga mashqlar


Qirqimlarni tasvirlashga oid aksariyat masalalar shartidagi ko’rinishlar soni ikki yoki uchtadan iborat. Aksonometrik tasvirlar bo’yicha qirqimlarni aniqlashga oid masalalar 16 foizni tashkil etadi. Barcha ko’rib chiqilgan masalalarning 2,6foizgina og’zaki tavsif bo’yicha qirqimlar yasash bilan bog’langan. Masalalarga quyilgan asosiy talablarning ko’pchiligi masalaning shartini ko’chirish, o’lchamlar qo’yish, yaqqol tasvirlarni yasash va qirqimni yasashdan iborat.
Detal sirtining shakliga qarab, ularni quyidagi asosiy uch turga ajratish mumkun.

  • Tekis shaklli (to’g’ri chiziqli tekis sirt bilan chegaralangan)

  • Aylana shaklli (tokarlik stanoklarida ishlov berilgan yoki quyma)

  • Bir necha geometrik jismlarning birikishidan hosil bo’lgan sirt

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, detalning tashqi tomoni murakkab geometrik jismlarning birikishidan tashkil topganiga qaramay, ko’pincha ularning ichki tuzilishi juda ham soda ekanligini bilib olish mumkin. Bulardan ko’rinib turubdiki, mashqlar to’plamlaridagi qirqim berish bilan bog’liq bo’lgan yasash masalalari ikkinchi darajali shartlar bilan birga qo’shib berilmoqda6. Vaxolanki ikkinchi darajalishartlar chizmani proeksion asosini mustaxkamlash bilan bog’liq bo’lib, u maktab ta’limining dastlabkidavridayoq o’zlashtirib olinadi. Bunday masalalar bilan ish olib borilganda darsning asosiy qismi eng muxum o’quv vazifasi bo’lgan qirqimlarni yasash darsning tugash vaqtiga to’g’ri kelalib „‘uyga vazivaga’’ 38 aylanib qoldi. Bu faktlar topshiriqlarga qirqimlarni tasvirlash uchun obyektlar tanlash didaktiv vazivalar bilan moslashtirilmaganligini ko’rsatmoqda. O’qitish jarayonida qo’llanadigon masalalarni taxlili shuni ko’rsatmoqda ularning shakli real narsalar chizmasining 20 foizini tashkil etadi.Shunday qilib tipik masalalarni tanlashga o’tkazilgan taxlil natijalarida asos qilib olinadi.Shunga ko’ra tajriba o’tkazish
1. Berilgan uchta ko’rinish bo’yicha chizmaga qirqim berih. 2. Detalning qirqimli yaqqol tasviriga ko’ra uning eskisini qirqimda tasvirlash. 3. Og’zaki tavsif bo’yicha detalning eskisini qirqimda tasvirlash. Birinchi masalaning chizmaning proiksion asosini tushunishni nazarda tutadi. Masalani yechish jaroyonida o’quvchilar chizma bo’yicha detalning yaqqol tasvirini tasavvur qila olishlari zarur. So’ngra esa tasvirning qismlarini va shu bilan birga uning ichki tuzilishini aniqlab kerakli qirqimda ko’rsatish kerak. Masalaning murakkabligi qirqimni ko’rsatmali qurolsiz bajarish bilan harakterlanadi. Ikkinchi masalaning muvaffaqiyatli bajarilishi faqatgina qirqimni yasash bilan bog’liq bo’libgina qolmay, balki ko’rinishlarini yasash usullari va detalning ichki hamda tashqi shakllarini aniqlashni talab etadi. Ikkinchi masalaning birinchisidan farqi chizmaga ko’rsatmali qurol qushib berilishi o’lgan bilan harakterlanadi7.
Ko’rsatmali qurol sifatida simmetrik shaklga ega bo’lgan detalning yarim bo’lagi olinadi. Masala yarim shartining bunday quyilishi tasodif emas.Birinchidan simmetrik shaklga ega bo’lgan detali yaqqol tasvirning yarim bo’lagi narsaning ichki sirtini yaqqol ko’rsatish imkoniyatini beradi.Ikkinchidan, o’quvchilardan masalani yechishda detalning to’liq shaklini fikran tasavvur etish talab etiladi.Bu oddiy qirqimlarni bajarish jarayonida texnik chizmachilikdagi shartliliklarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash imkoniyatini beradi. Ikkinchi masalani yechish jarayonida o’quvchilarning detal chizmalariga foydali qirqim berish, to’g’ri burchakli proyeksiyalardan o’zaro bog’langan tasvirlarni 39 ko’rish quyish sinfda shakllangan tasvirlash metodlari haqidagi bilimlarni o’zlashtirish rejasini aniqlash mumkun. Uchinchi masalada detal chizmasini tavsif bo’yicha qirqimda tasvirlash talab etiladi.Bu masalaning murakkabligi shundaki, og’zaki tavsif bo’yicha chizmada qirqim berilgan koeffitsenti yaratiladi. Yuqorida qayd etilgan masalalarni o’zaro taqqoslab ular mazmuni jihatidan quyidagicha farq qilishini payqash mumkun: birinchisida proyeksion chizmada, ikkinchisida yaqqol tasvir, uchinchisida detalning tavsifi berilgan. Ammo uchala variantda ham masalaga bir xil shart – detalning eskizni zarur qirqim qo’llab chizilsin degan talab quyilgan.Detallar shaklining murakkabligi ham bir xil bo’lib tashqi tomoni silindr prizma kabi geometrik jismlarning o’zaro birikishidan tashkil topgan.Ichki qismi esa o’zarobirikkan konstrusktiv elementlardan tuzilgan. Masalalar 8-sinf o’quvchilari bilan birga yakka tartibda yechiladi.Hammasi bo’lib 200 ga yaqin yechimlar olinadi. Bulardan tashqari masalalarni yechishga 20 dan ortiq maktab o’qituvchilari ham jalqilinib, ularning ish uslublari kuzatiladi.Chizishni bajarishda turli kategoriyadagi ijrochilar o’rtasida umumiylik bo’lishi bilan birga ular o’rtasidagi juda katta farqlar ham aniqlanadi. Bu farqlarni shiu bilan birga tavsiflash mumkunki, ayrim ijrochilar masalani juda uzun yul bilan bajarib to’g’ri, natijaga erishadilar. Boshqalari esa masalani qulay yo’l bilan ijobiy natijani qo’lga kiritadilar8.
Yuqoridagi uzun va qiyin zamirida vaqt ko’rsatkichlari turishi tabiiydir. Shu maqsadda masalani ishlashga injiner-konstruktorlar ham jalb qilinadi.Masalani ishlashdan avval hamma ijrochilar uchta guruhga bo’lib chiqiladi. Birinchi guruhga o’quvchilar ikkinchi guruhga injener-konstruktorlar, uchunchi guruhga esa o’qituvchilar kiradi. O’quvchilar guruhi bilan masalani yechishga oddiy qirqimlar mavzusi o’tilgandan keyin kirishiladi. 40 Masalani yechish natijalari ijrochilarining savollari fikr mulohazalari bayonnomaga qayd qilinadi.Masalani yechishdan avval o’quvchilarga quyidagi mazmunda ko’rsatma beriladi. Masalaning shartini diqqat bilan ko’rib chiqish detalning tashqi va ichki shakllari tavsifini yozib chiqish masalasini qanday yechilishi o’ylab ko’rish detal eskizini bajarishda uning ichki va tashqi shaklini aniqlash va hokazolar. O’tkazilgan tajriba asosida o’quvchilarning o’quv faoliyatini to’g’ri tashkil etish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga masalani yechish jarayoni o’quvchilarda sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni savol javoblar va shunga o’xshash va boshqa qimmatli faktlarni to’plashga yorda beradi. Tajriba natijalarini ikkinchi masala misolida bayon etamiz.Chunki bu masalani yechish jarayonida o’quvchilarda detalning shaklini qirqim berib tasvirlash bilan bog’liq bo’lgan usullarini to’liq egallash imkoniyatlariga ega bo’ladi.Berilgan masalalarning sharti va uning tuzulishini ko’rsatib o’tamiz. Detal simmetrik shakilga ega bo’lib u parallelpeped bilan silindirning o’zaro birikishdan tarkib topgan. Detalning asosi to’g’ri burchakli parallelepiped shakliga ega bo’lb o’rtasida ochiq silindirik teshik parmalab ochilgan. Detal asosininig o’rtasida silindr bo’lib uning ichki shakli pog’onali silindirdan iborat.Masalaning sharti yaqqol tasvirda berilgan bo’lib uning o’rtasidan silindir o’qi bo’ylab kesuvchi tekislik bilan qirqib detalning yarmi tasvirlangan. Detalning ikkinchi yarmi yetishmasligi tufayli uning to’liq tasvirini tasavur etish qiyin.





Download 1.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB O`QUVCHILARNI KЕSIM VA QIRQIM BAJARISHGA O`RGATISH INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Download 1.95 Mb.