|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 54/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaQo`shimcha qism: Qo`shimcha ravishda tarbiyachi eng muhim belgi va yo`lda yurish qoidalarini tushuntirib, mustahkamlashi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Xotira, diqqat va ijodkorlikni rivojlanishi;
Tasavvurlari va nutqni rivojlanishi;
Hayot havfsizligi saboqlariga.
Fan va tabiat markazi
Ichimlik suvi qanday keladi?
Maqsad: suv haqidagi tushunchalarni, fizika qonunlarini mustahkamlash, tabiiy sharoitda suv chiqarish usullari bilan tanishadi.
Jihoz va materiallar: belkurak, klenka, tosh.
Faoliyatning borishi:
Muassasa xududidagi bog`dan tajriba joyini tayyorlash;
Yerda chuqurligi 25 va diametri 50 sm bo`lgan chuqurni tayyorlash;
Chuqurning markaziga bo`sh plastik konteyner yoki boshqa idishni o`rnatish, uning atrofiga yangi yashil o`t va barglarni joylashtirish;
Chuqurlikni toza polietilen klenka bilan yopish va uning atroflarini chetidan havo chiqmaydigan qilib tuproq bilan berkitish;
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga uzoq o`lkalarga sayohat qilgan va bu sayohat vaqtida suvsiz qolgan sayohatchilar haqida qiziq voqyealarni o`ylab topishni taklif etadi.
E`tiborga molik jihati:
Bolalarning kuzatuvchanligiga, amalga oshirilgan tajriba bo`yicha ota-onalar bilan muxokama uyushtirish va uyda mustaqil bajarishni taklif qilish.
San`at markazi
Yo`l belgilarini yasash (loy ishi)
Maqsad: plastelin yoki loydan yo`l belgilarini chsashni biladi, qo`shimcha materiallardan foydalanadi. Madaniy gigiyenik ko`nikmalari shakllangan. Plastelinni aylantirish va dumalatish ko`nikmalari rivojlangan.
Jihoz va materiallar: oq tuproq va plastilin, yo`l belgilarini bezatish uchun jixozlar.
Faoliyatning borishi:
«Yo`l belgilari» mavzusidagi rasmni tomosha qilish;
Ish stolini yo`l belgilarini yasash uchun tayyorlash;
Yo`l belgilarini yasash;
Bolalar ishlari natijalarini muxokama qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|