• Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy
  • Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
  • O‘zbekistOn respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi




    Download 153,96 Kb.
    bet3/19
    Sana12.12.2023
    Hajmi153,96 Kb.
    #117159
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    ZbekistOn respublik-fayllar.org

    1-bob. Umumiy qoidalar

    Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.

    Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:


    • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;


    • maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;


    • maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
    • maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.




    1.1. MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash

    Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.

    Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.

    Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1.

    1.2. MTMning maqsad va vazifalari

    MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
    • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;


    • maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;


    • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;


    • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.



    Download 153,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 153,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistOn respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi

    Download 153,96 Kb.