|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
|
bet | 3/12 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 298,5 Kb. | | #134970 |
Bog'liq 1-amaliyotBirinchi guruh omillar – atrof muhitning sanitariya – gigiena holati. Bunga havo harorati, atrof-muhitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.), yorug‘lik va shovqin darajasi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillarga – mehnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar va moslamalar kiradi.
Uchinchi guruh omillarga – tashkiliy tadbirlar, ya’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat taqsimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi.
Turtinchi guruh – odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi.
Kasb kasalligini oldini olish va shaxsiy gigiena. Ishlab chiqarishdagi xavfli omillar (harakatlanuvchi mashina va mexanizmlar, harakat uzatish mexanizmlari, elektr toki va b.) jarohatlanish yoki shikastlanishga olib kelsa, zararli omillar (zararli gazlar, changli muhit, shovqin, titrash, nurlanishlar, nome’yoriy yoritilganlik va b.) esa kasb kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Mehnat jarayonida kishi organizmiga salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning nomaqbul omillari natijasida yuzaga keladigan inson sog‘ligidagi o‘zgarishlar kasb kasalligi deb ataladi.
Kasb kasalliklarini oldini olish tadbirlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Zararli omillarni hosil bo‘lish manbasida kamaytirish yoki bartaraf etish.
2. Zararli omillarni tarqalish yo‘lida kamaytirish.
3. Shaxsiy himoya vositalaridan (shovqindan himoyalovchi quloqchinlar, gazniqoblar, payvandchi kaskasi va b.)
4. Profilaktik tadbirlar (bepul parhez ovqatlar bilan ta’minlash, qisqartirilgan ish vaqtini jori etish va b.).
Shaxsiy gigiena tushunchasi keng ma’noni anglatib, unga badanni toza tutish, ish vaqtida va ovqatlanishda sanitar-gigienik talablarga rioya etish, yashash joyini va ish joyini toza tutish kabilar kiradi.
Ishchilarning doimo sog‘lom yurishlari va mehnat qobiliyatlarini yo‘qotmasliklarida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish katta rol o‘ynaydi. Tana va qo‘lni toza bo‘lishi, ovqatlanishdan oldin qo‘lni doimo sovunlab yuvish, o‘zini va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovqatlanish va ish bilan dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish – shaxsiy gigienaning asosiy talablari hisoblanadi.
|
| |