• Mahalliy isitish
  • Markaziy isitish
  • Bug‘ bilan isitish tizimlari
  • Bug va suv bilan isitish tizimlarini hisoblash.
  • Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini isitish




    Download 298,5 Kb.
    bet7/12
    Sana11.01.2024
    Hajmi298,5 Kb.
    #134970
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-amaliyot

    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini isitish. Isitish qurilmalari Davlat standartlari talablari asosida me’yoriy mehnat sharoitini ta’minlash maqsadida, ish zonasi havosi haroratining belgilangan miqdorda bo‘lishini saqlashga xizmat qiladi.
    Isitish qurilmalariga qo‘yilgan asosiy talablar ishlab chiqarish xonalarida havo haroratini me’yoriy miqdorda sanitar-gigienik talablar asosida saqlash va ishchilar uchun sog‘lom ish sharoitini ta’minlashdan iboratdir. Ishlab chiqarishda asosan mahalliy va markaziy isitish tizimlari ishlatiladi.
    Mahalliy isitish – elektrik, gazli yoki boshqa turdagi issiqlik manbaidan (ko‘mir, o‘tin va b.) foydalanuvchi isitish jihozi yordamida amalga oshiriladi va ular asosan asosiy ishlab chiqarish binolaridan uzokda joylashgan binolarda, hamda mashina va traktorlarning kabinalarida ishlatiladi.
    Markaziy isitish suv, bug‘, suv-bug‘ bilan va havo bilan ishlovchi qurilmalarga bo‘linadi.
    Yuqori bosimli suv bilan isitish tizimi mexanik suv aylanishini yuzaga keltiruvchi yopiq tizimdan tashkil topgan bo‘ladi. Yuqori bosimli isitish tizimlari, jumladan isitish jihozlarida harorat 120-135 0C ga etadi.
    Bug‘ bilan isitish tizimlari ham past bosimli (70 kPa gacha) va yuqori bosimli (70 kPa dan yuqori) bo‘lishi mumkin. Bunda bug‘, isitish jihozlarida ma’lum haroratgacha soviydi va kondensatsiyalanadi (suvga aylanadi). Hosil bo‘lgan kondensat esa qozonga qaytadi.
    Havo bilan isitish tizimlarida sovuq tashqi muhit havosi ventilyatorlar yordamida kaloriferlarga uzatiladi va kalorifer orqali o‘tishda isigan havo xonaga yo‘naltiriladi. Havo bilan isitish tizimlarida harorat shamollatish orqali rostlanadi.
    Bug va suv bilan isitish tizimlarini hisoblash. Isitish qurilmalarini hisoblash ishlab chiqarish binolaridagi barcha issiqlik sarflarini hisobga olgan holda bajariladi. Ishlab chiqarish binolarini isitishda isitish qurilmalari orqali uzatilayotgan issiqlik, binoning tashqi to‘siqlari (devorlari)ni, binoga olib kiritilgan mashina va materiallar sirtini va bino havosini isitishga hamda texnologik jarayonlarni bajarishga sarflanishi mumkin.
    Binoning tashqi to‘siqlari orqali issiqlik yo‘qolishi quyidagicha aniqlanadi,
    Q0 = q0 · Vm · (tu-tt), (4.12)
    bu erda q0 - binoning solishtirma issiqlik xarakteristikasi, Vt/(m3 · 0C); q0=0,52 – 0,75; Vt – binoning tashqi hajmi yoki isitiladigan qismining hajmi, m3; tu – xona havosining ichki hisobiy harorati, 0C; tm – yilning eng sovuq besh kuni hisobida tashqi havo harorati.
    Xona havosini isitishga sarflanadigan issiqlik miqdori:
    Qx = gx · Vt · (tu – tt) , (4.13)
    bu erda; gx – 1 m3 havoni isitishga sarflanadigan solishtirma issiqlik sarfi; ishlab chiqarish binolari uchun gx =0,9-1,5; ma’muriy binolar uchun gx=0,670,9; maishiy binolar uchun gx=0,31 – 0,42.
    Xonaga kiritilgan mashina va mexanizmlar hamda materiallar sirtini isitishdagi issiqlik sarfi:
     , (4.14)
    bu erda G – xonaga kiritiladigan mashina va materiallarning massasi, kg; km – mashina va materiallarning massaviy issiqlik sig‘imi, metallar uchun – km = 0,4 kDj / (kg · 0C); tt - xonaga olib kirilgan mashina va materiallar harorati (mashinalar va metallar uchun tashqi muhit haroratiga teng, sochiluvchan materiallar uchun tashqi muhit haroratidan 200C, sochilmaydigan materiallar uchun esa tashqi muhit haroratidan 100C yuqori qilib olinadi); – ushbu mashina va materiallarni xona haroratigacha isitishga sarflangan vaqt, soat
    Texnologik maqsadlarda sarflangan issiqlik miqdori
      , (4.15)
    bu erda Q – bug‘ yoki suv sarfi, kg/soat; – qaynoq suv yoki bug‘dagi issiqlik miqdori.
    Bu ko‘rsatkich suvning bosimi va haroratiga bog‘liq holda olinadi, ya’ni t =101,80C, R=9,8 kPa uchun – =426 (suv uchun), =2680 ( bug uchun) ib – qozonga qaytadigan kondensatning issiqlik miqdori, kDj/kg.
    Umumiy issiqlik sarfi quyidagicha aniqlanadi,
    Qc = Qo + Qx + Qm + Qt, (4.16)
    Umumiy issiqlik sarfi miqdoriga asoslangan holda qozonning issiqlik quvvatini quyidagicha aniqlashimiz mumkin:
    Rk = (1,1-1,15)  Qc · 10-3, kVt, (4.17)
    Markaziy suv bilan isitish qurilmalarida isitish jihozlari sifatida radiatorlardan foydalaniladi. Radiatorlar seksiyalar shaklida ishlab chiqarilib, batareya shaklida yig‘iladi. Radiatorlarning hisobiy sonini aniqlash isitish jihozlari (batareyalar)ning umumiy yuzasini aniqlash asosida amalga oshiriladi,
    Fi.f = , (4.18)
    bu erda Qc – binodagi umumiy issiqlik yo‘qotilishi, Vm; k – isitish jihozlari devorlarining havoga issiqlik uzatish koeffitsienti (cho‘yan batareyalar uchun k=7,4, po‘lat uchun k=8,3); tk – suvning radiatorga kirishdagi harorati, 0C; tch – suvning radiatordan chiqishdagi harorati, 0C; tx – xonaning harorati, 0C.
    Binoga o‘rnatish uchun talab etiladigan isitish jihozlari seksiyalarining soni esa quyidagicha aniqlanadi:
     , (4.19)
    bu erda FS - radiatorning bitta seksiyasini yuzasi, m2.
    Ushbu ko‘rsatkich isitish jihozining turiga bog‘liq holda quyidagi ko‘rsatma asosida tanlanadi (4.2-jadval):
    4.2-jadval

    Isitish jihozining turi

    Sirt yuzasi, m2

    M-140

    0,254

    NM-150

    0,254

    Polza-6

    0,460

    RD-90

    0,203

    RD-26

    0,205

    Isitish mavsumi davrida talab etiladigan yoqilgi miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:


    Q = gsh ·V· (ti – tt) , (4.20)
    bu erda gsh – binoning 1 m3 hajmini 10C ga isitish uchun sarflanadigan yillik shartli eqilgi sarfi, kg/(m3 * 0C); ti - bino ichining harorati, 0C; tt - tashqi muhit harorati, 0C; V - binoning tashqi hajmi, m3.
    Bir shartli yoqilg‘ining issiqlik ajratib chiqarish miqdori – 29,3 mDj/kg.ga teng. Hisob ishlarini bajarishda boshqa yoqilg‘ilar aylantirish koeffitsienti yordamida shartli yoqilg‘iga o‘tkaziladi. Ushbu koeffitsient antratsit uchun – 0,97; ko‘mir uchun – 2,33; torf uchun – 2,60; mazut uchun – 0,70; o‘rta sifatli yog‘och o‘tin uchun – 5,32 deb qabul qilinadi.

    Download 298,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 298,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini isitish

    Download 298,5 Kb.