|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti
|
bet | 5/10 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,82 Mb. | | #135983 |
Bog'liq bosimni o\'chashnavbatdan tashqari qiyoslashdan — o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tamg‘a shikastlanganda, o‘lchash vositasi qiyoslashdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qotilganda yoki sozlash ishlarini o‘tkazish zarur bo‘lgan holda, shuningdek, o‘lchash vositalarini uzoq (bitta qiyoslashlararo intervaldan ortiq) muddat saqlangandan so‘ng foydalanishga kiritishda;
inspeksion qiyoslashdan — davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda o‘lchash vositalari qo‘llanishga yaroqliligini aniqlash zarur bo‘lganda;
ekspert qiyoslashdan — o‘lchash vositalari sozligi yoki ularning qo‘llanishga yaroqliligi, metrologik tavsiflar bo‘yicha munozarali masalalar yuzaga kelganda o‘tkaziladi.
8. Birlamchi qiyoslashdan barcha o‘lchash vositalari nusxalari o‘tkazilishi lozim, metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan o‘lchash vositalari bundan mustasno.
9. O‘lchash vositalarini inspeksion va ekspert qiyoslashdan o‘tkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
O‘lchash vositalarini ekspert qiyoslash tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoki sud qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin.
10. O‘lchash vositalarini qiyoslashda akkreditatsiyadan o‘tgan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalaridan foydalanish mumkin.
11. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq davlat metrologik tekshiruvidan o‘tgan o‘lchash va sinov vositalari yordamida amalga oshiriladi.
12. Qiyoslash o‘lchash vositasining qiyoslash uslubiyotiga muvofiq o‘tkaziladi.
13. Qiyoslashdan o‘tkazish vaqtida ijrochi o‘lchash vositalarining tashqi omillar ta’siridan shikastlanishi uchun javob beradi.
14. Ijrochi faqat qiyoslashdan o‘tkazish vaqtida natijalar aniqligini kafolatlaydi. O‘lchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javob bermaydi.
15. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
O‘lchash vositalarini inspeksion va ekspert qiyoslashdan o‘tkazish uchun haq shartnomaga muvofiq manfaatdor tomon tomonidan to‘lanadi.
17. O‘lchash vositalarini qiyoslashning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda o‘tkaziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti
|