|
O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish
|
bet | 3/10 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,82 Mb. | | #135983 |
Bog'liq bosimni o\'chash1.2 O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga asoson
O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalarda foydalaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Qoidalar tegishli ma’muriy reglamentlarga binoan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga asosan amalga oshiriladigan tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv iste’molini hisobga olish priborlarini (hisoblagichlarni) davriy qiyoslashdan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada qo‘llanadigan, O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritilgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim.
3. Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim:
- sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
- moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
- soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
- zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish;
- umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish;
- aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;
- sanoat xavfsizligini ta’minlash;
- davlat mudofaasini ta’minlash;
- mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
- sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
- geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
- o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
- foydali qazilmalarni qazib olish;
- rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
- mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
4. O‘quv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qo‘llanadigan hamda kattaliklarning o‘zgarishini, ularning qiymatlarini baholamasdan kuzatish uchun qo‘llanadigan, idikatorlar turkumiga kiritilgan texnik vositalar qiyoslashdan o‘tkazilmaydi.
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
|
| |