O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




Download 23,88 Mb.
bet11/31
Sana12.01.2024
Hajmi23,88 Mb.
#136027
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
Mexatronika majmua

Radarlar ob’ektni aniqlash, kuzatish va tasvirni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi qurilmalardir. Avtomobilsozlikda radarlar avtomobillarni avtomatik boshqarish sistemalarida (adaptivnыy kruiz - kontrol) keng qo‘llanilmoqda. Bu sistemada radarlar ob’ektni aniqlash va kuzatish funksiyalarini bajaradilar. Maqsad yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatlarni oldini olishdan iborat.
Millimeter diapazondagi (76 – 77 GGs) radarlarva uzun diapazondagi radarlar birgalikda 1 - 150 metr masofadan ob’eni aniqlaydilar. Avtomobillarni avtomatik boshqarish sistemalariga asosan millimeter diapazonda (40 – 300 GGs) ishlovchi radarlar o‘rnatilgan.
Radar sistemalari ob – havo injiqliklariga bardosh bera olganligidan, hozirda ultratovush sistemalariga nisbatan juda ham ishonchli sanaladi.
Radarning asosiy komponentalari bu – transmitter, antenna va resiver. Transmitter elektromagnit to‘lqinlarni ishlab chiqaruvchi qurilma. Antenna elektromagnit to‘lqinlarni tarqatuvchi va tutib oluvchi qurilma. Resiver ob’ektga urilib qaytgan elektromagnit to‘lqinlarni antenna orqali tutib oluvchi qurilma. Resiver tutib olingan elektromagnit to‘lqinlarni tokka aylantiradi. Radardan ob’ektgacha bo‘lgan masofa quyidagi formula orqali topiladi:
T = 2R/c
Bu yerda:
T – vaqt;
C – yorug‘lik tezligi;
R – masofa.
Ob’ekt aniqlangandan keyin uning holati yoki tezligini aniqlash uchun monostatik radar (2.14-rasm) ishlatiladi. Monostatik radar ob’ekt holatini sferik koordinatalar sistemasida o‘lchaydi. Sferik sistemaning boshlang‘ich nuqtasi antenna markazida bo‘lib, X o‘qi orqali o‘tadi. Θ burchak azimuth burchagi deb ataladi. φ burchak orientasiya burchagi deyiladi. φ burchak antenna orientatsiyasiga bog‘liq.
Monostatik radarda transmitter va resiver uchun bitta antenna ishlatiladi. Bistatik radarda transmitter va resiver uchun bittadan alohida - alohida antennalar ishlatiladi.

2.14-rasm. Radar o‘lchovlari uchun sferik koordinatalar sistemasi.

Xoll datchiklari texnikada ko‘p ishlatiladi. Shuning uchun ham unga batafsil yoritamiz. 1879 yilda xozirda Xoll effekti nomi bilan yuritiluvchi fizik xossani ochgan. Xoll datchiklari shu effektga asosan ishlaydi. Xozirgi paytda Xoll datchiklari magnit maydonini aniqlash uchun, ob`ektning siljishi va holatini aniqlash uchun ishlatiladi.


Xoll effekti elektr zaryadini tashuvchi va tashqi magnit maydonini o‘zaro tasiriga asoslangan. Metallarda zaryad tashuvchi sifatida elektronlar ishtirok etadi. Elektronlar magnit maydonida harakatlanganda magnit maydonida ularga og‘diruvchi kuch tasir etadi. Magnit maydoni elektr zaryadini og‘dirish kuchi formulasi:

Download 23,88 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Download 23,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

Download 23,88 Mb.