O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




Download 23,88 Mb.
bet10/31
Sana12.01.2024
Hajmi23,88 Mb.
#136027
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
Mexatronika majmua

Datchiklar


2.8-rasm. Datchiklarning guruhlanishi
Datchiklarni asosiy tavsiflariga quyidagilar kiradi: statik tavsif, sezgirlik, xato, inersionlik, sezgirlik chegarasi.
Kirish va chiqish signallarini o‘zgarishlari (Ax, Au) orasidagi funksional bog‘lanishlarga datchikni statik tavsifi - deb ataladi, ya’ni: Au=/(Ax).
Datchikni sezgirligi deb, chiqish kattaliklari o‘zgarishi Au ni, kirish miqdorlari o‘zgarishi Ax ga nisbatiga aytiladi; ya’ni S=Au /Ax.
Generatorli datchiklarga quyidagilar kiradi: termoelektrik, induksion, pezoelektrik.
Datchikni xatosi, bu chiqish signalini xaqiqiy miqdori bilan uni nominal qiymati orasidagi farqdir. Datchiklar yuqori sezgirlik va oz xatoga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Inersionlik - kirish signali o‘zgarishini elementga ta’sirini kechikishiga aytiladi. Sezgirlik chegerasi - bu chiqish miqdori U ni o‘zgarishiga olib keladigan kirish miqdori X ni eng kichik qiymatidir.
Mexatron qurilmalarda quyidagi parametrik datchiklar ko‘proq tarqalgan: reostatli (potensiometrik), termoqarshilikli, tenzometrik (simli), induktiv, sig‘im, fotoelektrik (fotoqarshilik) li datchiklar.
Reostatli (potensiometrik) datchiklarda kirish miqdori; ya’ni surgich siljishi chiziqli yoki burchak siljishi bo‘lishi mumkin, chiqish miqdori esa reostat qarshiligi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi (2.9-rasm). Potensiometr surgichi detal bilan bog‘langan bo‘lib uni siljishi elektr zanjiri qarshiligini o‘zgartiradigan bo‘ladi

2.9-rasm. Reostatli datchik. (a to‘g‘ri karkasli; (b xalqasimon karkasli; v)tavsifi.


Reostatli datchiklarni tavsifi deb - surgichdan olinadigan kuchlanish Uchik ni potensiometr surgich siljishi X ga bog‘liqligiga aytiladi.
Termoqarshilikli datchiklar (termorezistor, qarshilik termometrlari) da xaroratni o‘zgarishi o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar qarshiliklarini o‘zgarishiga olib keladi. Ular texnikada 2000S dan 7000S gacha bo‘lgan xaroratni o‘lchash uchun ishlatiladi. Bunday termometrlar metallar (asosan platina, mis) dan xamda yarim o‘tkazgichlardan (marganes, kobalt)dan xam tayyorlanadi. Ularni ishlashi metallar va yarimo‘tkazgichlar qarshiligini xaroratga bog‘liqligiga asoslangan. Ma’lumki, xarorat ko‘tarilganda metallar qarshiligi oshadi, yarimo‘tkazgichlarda esa aksincha.
Siljish induktiv datchiklarini ishlashi xarakatlanuvchi po‘lat o‘zakni siljishi oqibatida unga o‘ralgan g‘altak induktiv qarshiligining o‘zgarishiga asoslangan. 2.10-rasmda maxsulot qalinligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan qurilma ko‘rsatilgan. Maxsulot 5 rolik 4 va 6 orasidan o‘tayotganda rolik 4 bilan tutash tirsak 3 xarakatlanuvchi o‘zak 2 ni siljitadi. Natijada magnit o‘tkazgich 1 xamda xarakatlanuvchi o‘zak 2 oraligidagi masofa yo o‘zgarib g‘altak induktiv qarshiligi X ni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ya’ni X induktiv qarshilik X ni o‘zgarishi zanjirdagi tok miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Bu tok qiymati bo‘yicha (milliamper shkalasini o‘lchaydigan miqdor birligida graduirovka qilingan) maxsulot qalinligini baxolash mumkin bo‘ladi.

2.10-rasm. Siljish induktiv datchik


Tenzorezistorni sezgir elementi ingichka simdan, fol’gadan yoki yarimo‘tkazgich plenkadan yasaladi. Tenzorezistor kuchni, bosimni, og‘irlikni, mexanik kuchlanishni, aylanish momentini o‘lchash uchun ishlatiladi. Sezgir elementga ta’sir etuvchi kuch uning qarshiligini o‘zgartiradi.Tenzorezistor shu prinsipga asosan ishlaydi.

2.11-rasm. Tenzorezistor


P’ezoelektriklar – bu kristallar bo‘lib, ular siqilganda o‘zidan elektr zaryadi chiqaradi. Elektr kuchlanishi ta’sir ettirilganda o‘z formasini o‘zgartiradi, ya’ni siqiladi/cho‘ziladi, egiladi, bukiladi.

2.12-rasm. P’ezoelement

P’ezoelektrik datchiklar shu prinsip asosida ishlaydilar.Masalan ultratovush datchiklari.



2.13-rasm. A) – Ultratovush to‘lqin generatori sxemasi. B) – Ultratovush o‘zgartirgich konstruksiyasi


2.13-rasm A) da ko‘rinib turibdiki, kirish kuchlanishi p’ezokeramik elementni egilishga majbur qiladi. Buning natijasida ultratovush to‘lqinlari yuzaga keladi. P’ezoelektrik jarayon qayuvchi jarayon bo‘lganidan, qaytgan ultratovush to‘lqinlari shu p’ezokeramik materialga urilib,uning yuzasida elektr zaryadi paydo qiladi. P’ezoelementning o‘rtacha ish chastotasi 32 kGs. Ultratovush to‘lqinlari yordamida L0 masofani o‘lchash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi.


Download 23,88 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Download 23,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

Download 23,88 Mb.