O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali




Download 23,88 Mb.
bet12/31
Sana12.01.2024
Hajmi23,88 Mb.
#136027
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Mexatronika majmua

F = qvB

2.15-rasm. Xoll datchigi
Bu yerda q = 1,610-19 Kl (kulon) — electron zaryad miqdori, v — elektron zaryad tezligi, V — magnit induksiyasi. F va V miqdorlar vector miqdorlar. Og‘diruvchi kuch yo‘nalishi va uning miqdori, fazoda magnit oqimini joylashishiga va elektronlar harakati yo‘nalishiga bog‘liq. Magnit induksiyasi B ni birligi teslada o‘lchanadi. 1 Tesla = 1 Nyuton / (ampermetr) = 104Gauss.
Aytaylik, elektronlar B magnit maydoniga joylashgan elektr o‘tkazuvchi plastina ichida harakatlansin (2.15-rasm). Plastinani ikki tomoniga elektrodlar o‘rnatilgan bo‘lsin. Ularni voltmetrga ulaymiz. Plastinani yuqori va pastki qismlariga yana ikkita elektrod o‘rnatilgan. Ularni tok manbayiga ulaymiz. Tashqi magnit maydoni harakati ta’sirida og‘diruvchi kuch yuzaga keladi. Bu kuch elektronlarni o‘ng tomonga og‘diradi. Shuning uchun ham o‘ng tomondagi elektrod chap tomondagiga nisbatan manfiyroq zaryadlangan bo‘ladi. Magnit maydoni va elektr tokini bir – biriga o‘zaro tasiri natijasida potensiallarning ko‘ndalang ayirmasihosil bo‘ladi. Bu Xoll kuchlanishi deb ataladi. Xoll kuchlanishining ishorasi va amplitudasi magnit va elektr maydonlarining yo‘nalishi va miqdoriga bog‘liq. Fiksirlangan haroratda uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
VH=hBsin
Bu yerda:  — magnit maydoni vektori va Xoll plastinasi tekisligi orasidagi burchak (2.16-rasm).
h — datchikning sezgirligi. Datchikning sezgirlik qiymati plastinani materialiga, uning yuzasiga va haroratga bog‘liq.

2.16-rasm. Xoll datchigining chiqish signali magnit maydoni vektori va plastina yuzasi orasidagi burchak qiymatiga bog‘liq.
Xoll datchigini to‘liq sezgirligi Xoll koeffisentiga bog‘liq. Xoll koeffisenti ko‘ndalang elektr potensiallar gradientiga, magnit maydoni intensivligi birligiga va tok zichligi birligiga bog‘liq. Metallarda erkin elektronlar nazariyasiga muvofiq, Xoll koeffisenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bunda: N — hajm birligida erkin elektronlar soni, c — yorug‘lik tezligi. Materialning kristall strukturasiga qarab, zaryadlar elektron (manfiy) yoki tuynuk (musbat) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham Xoll effekti manfiy yoki musbat bo‘ladi.
Xoll datchigining chiqish signali plastina tekisligi va magnit maydoni vektori orasidagi burchakka bog‘liq.
Qalqovichli datchiklar suyuqlik sathi o‘zgarishini qabul qiladigan qalqovichdan va chiqish elektr signaliga o‘zgartiradigan elementdan tashkil topgan bo‘ladi. O‘zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. 2.17-rasm a)-da potensiometrik o‘zgartirgichli qalqovichli sath datchigining sxemasi ko‘rsatilgan.

2.17-rasm. Qalqovichli (a), gidrostatik (b) va elektrodli (v) sath datchiklari.


Yengil qalqovichli (1) bilan potensiometrik datchikning (3) bog‘lanishi blok (4) orqali o‘tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi. Qalqovichning og‘irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik sathining xar qanday o‘zgarishi sath o‘lchov birligiga moslangan ikkilamchi o‘lchov asbobidagi (UA) kuchlanish o‘zgarishiga proporsional ravishda ta’sir qiladi. Qalqovichli sath datchiklari suyuqlik sathining katta katta miqdorda o‘zgarishlarini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy kamchiligi qalqovichning harakatlanib turishidir.
Gidrostatik datchiklarda suyuqlik sathini nazorat qilish maxsus silindrik idishdagi suyuqlikning gidrostatik og‘irligi o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi (2.17 –rasm, b). Suyuqliq bosimi sathga (h) proporsional bo‘lib, membranani (1) egilishga ta’sir qiladi va maxsus ko‘mir ustun (2) yordamida elektr signalga o‘zgartiriladi. Bu signalni sath birligiga mos ravishda o‘lchov asbobi (P) yordamida o‘lchab boriladi. Qalqovichli (poplovikli) va gidrostatik datchiklar suyuqlikning sathi bo‘yicha emas, aslida uning massasi bo‘yicha o‘lchaydi, shuning uchun haroratning va suyuqlik tarkibining o‘zgarishi natijasida o‘lchov xatoliklari kelib chiqadi.
Elektrodli datchiklar suyuqlik ichiga tushiriladigan bir va bir necha elektrodlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday turdagi datchiklarda suyuqlik sathining o‘zgarishi natijasida elektrodlar orasidagi muhitning aktiv va sig‘im o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi. Suyuqlik muhitining aktiv o‘tkazuvchanligi o‘zgarishiga asoslangan elektrodli sath datchigining sxemasi 2.17 –rasm, v)-da keltirilgan.

Download 23,88 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Download 23,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali

Download 23,88 Mb.