|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 33/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarNazorat savollari
1. Portlandsement turlarini gapirib bering. 2. Putssolanli va shlakli sementlar nima?
Ma’ruza. № 15
Mavzu: Gidravlik Bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlab chiqarish sanitariyasi, texnika xavfsizligi, ekologik xavfsizlik.
Reja: 1.Bog’lovchi moddalarning ishlab chiqarish usullari 2. Sanitar texnik talablar
“Mehnat sharoitini har tomonlama sog‘lomlashtirish va engillashtirish – xalq farovonligini oshirishning muhim vazifalaridan biridir. Barcha korxonalarda xavfsizlik texnikasining zamonaviy vositalari joriy qilinadi va ishlab chiqarish travmatizimi hamda kasbiy kasalliklarni bartaraf qiluvchi sanitariya –gigiena sharoitlari ta’minlanadi”
Bugungi kunda mamlakatimizda minglab korxona va qurilishlar borki, bu erlarda mehnat sharoitlari qonunda belgilangan norma talablariga to‘liq javob beradi yoki bu normalarga yaqinlashtirilgan, travmatizm va kasbiy kasallanish allaqachonlar tugatilgan.O‘zbekistonning ko‘pgina qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari va qurilish ob’ektlarida mehnatni yuqori darajada tashkil etish bilan bir qatorda, ishchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishdan to‘g‘ri foydalanilmoqda, ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan yangi texnika va texnalogiyaning tejamli bo‘lishi bilan birga, xavfsizlik va sog‘lom mehnat sharoitlari ham yaratilmoqda. “Mehnat muxofazasi va yong‘inning oldini olish tadbirlari” kursida quruvchilar mehnatini muxofaza qilishga oid qonunchilikning asosiy qoidalari, qurilishlarda va qurilish industuriyasi korxonalarida mehnat sharoitlarini va travmatizm sabablaini analiz qilish, qurilishdagi ishlab chiqarish sanitariyasi va gigenasi, yong‘inning oldini olish tadbirlari ko‘rib chiqiladi. Ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish ish vaqtini kam yo‘qotishga va mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi.
Mehnat unumdorligini oshirishning muhim sharti – ishlab chiqarish travmatizimi va kasallanishlarning oldini olishdir.
Bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xavfsizlik texnikasi xizmati ko‘zda tutilgan. Xavfsizlik texnikasi xizmatining asosiy vazifalari qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish travmatizmi sabablarini bartaraf etish ishlarini bajarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va himoya vositalarini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va himoya vositalarini takomillashtirish, ishlab chiqarish madaniyatini ko‘tarish, tashkiliy – texnik va sanitariya – gigena tadbirlarini ishlab chiqarish va amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqarish va texnik xizmatlarning ishini kontrol qilishdan iborat. Xavfsizlik texnikasi xizmati o‘z ish faoliyatida kasaba sayuz organlari va ularning mehnat muxofazasi bo‘yicha komissiyalari bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish tashkilotlarida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy holatiga javobgarlik “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”ga oid qurilish normalari qoidalari ga binoan bosh muxandis va boshliqqa hamda birinchi (bosh) rahbarga yuklanadi. Ishlab chiqarish sanitariyasi sanoat korxonalarini asrash qoidalari, texnalogik protsesslarni tashkil etish va jixozlarni o‘rnatish qoidalarini ishlab chiqadi; tashqi muhit fizik faktorlarining va ish xonalari havosi tarkibidagi ximyaviy moddalarining ruxsat etilgan parametrlarini belgilaydi.
|
| |