Ochilov A.E. - «Qurilish muhandisligi» kafedrasi kata o’qituvcisi
Ismatulloyev F- «Qurilish muhandisligi» kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchi:
Yusupov X.V. - “Qurilish muhandisligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
O‘quv-uslubiy majmua “Qurilish muhandisligi” kafedrasining 2023 yil “___”_______dagi ___-sonli bayonnomasidagi yigilishda muxokamadan utgan va fakultetning ilmiy kenashiga muxakama kilish uchun tavsiya etilgan.
O‘quv-uslubiy majmua “Qurilish muhandisligi” fakultet ilmiy-uslubiy kengashining 2023 yil ___-sonli bayonnomasi karori bilan makullangan va foydalanishga tavsiya etilgan. Fakultet ilmiy kengashining 2023 yil ___-sonli bayonnomasi bilan tasdiklangan.
O‘quv-uslubiy majmua Samarqand davlat arxitektura-qurilish unversitetining Ilmiy-uslubiy kengashining 2023 yil “___”_______dagi ___- sonli qaroriga muvofiq o‘quv jarayoniga tadbiq qilish uchun tavsiya etilgan.
CHiqish ma’lumotlari:
Bichimi A4. Hajmi ___ b.t. Adadi ___ ta.
© SamDAQU.2023.
KIRISH
Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Mustaqil respublikamizning kelajakda kuchli rivojlangan davlatlar qatorida o‘rin olishida oliy o‘quv yurtlari oldiga yuqori malakali mutuxasislar, shu jumladan qurilish sohasida murakkab masalalarni echa oladigan loyihachilar, konstruktorlar va muhandislarni tayyorlashdek muhim vazifalar qo‘yilmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiga o‘tilayotgan bir paytda arzon va mahalliy xom ashyolar asosida zamonaviy qurilish ashyolari ishlab chiqarish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ulardan qurilish sanoati talablariga mos keluvchi va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qurilish buyumlari va qurilmalarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda kapital qurilish sohasiga katta e’tibor berilmoqda va uni rivojlantirish uchun har yili katta mablag‘ ajratilmoqda. Qurilish industriyasini rivojlantirmasdan xalq xo‘jaligida kerakli yutuqlarga erishib bo‘lmaydi. Turar joy, sanoat binolari, kommunikatsiya inshootlari qurilmasiga bo‘lgan talabni qaytadan ko‘rib chiqish, mahalliy xom ashyolardan yangi zamonaviy qurilish ashyolari, buyum va konstruksiyalarni ishlab chiqarishga doir muammolarni hal etish hozirgi zamon talabining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”-gi qonunlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ta’lim, xususan oliy ta’lim tizimida sifat jihatidan chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”-gi qonunga muvofiq kadrlar tayyorlash sohasidagi sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirish maqsadida oliy ta’limda ham tinimsiz yangilanish, fan va taraqqiyotning eng ilg‘or yangiliklari talabalar ongiga singdirilib borilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan “Qishloq taraqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq qishloqlarimiz qiyofasini, qishloqlarda hayot darajasini, ishlab chiqarish munosabatlarining mazmun mohiyatini o‘zgartirishga, agrar sohada olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida”- gi P 19-1533 sonli qarorini 2-ilovasi 7-bandiga asosan ushbu “Qurilish materiallari va buyumlari” faniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua ishlab chiqildi.
Talaba har tomonlama bilimli va malakali mutaxassis bo‘lib etishishi uchun ularning dunyoqarashini ilmiy izlanishlar va boshqa ko‘rgazmali vositalar bilan oshirmoq zarur. SHu sababli ushbu o‘quv-uslubiy majmuada o‘quv va ishchi dasturlar, ma’ruzalar matnlari, nazorat savollari, o‘quv-uslubiy adabiyotlar va boshqa manbalar yoritilgan.
|