• Ma’ r uza. № 2
  • Bog‘lovchi moddalarning turlanish




    Download 0,57 Mb.
    bet4/33
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #138802
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    Gidravlik bog`lovchi moddalar

    Bog‘lovchi moddalarning turlanishi va nomlanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo qo`shimchalar.
    Hamma quruvchi mineral bog‘lovchi moddalar asosiy guruxga bo‘linadi: havoi, suvli, gidravlik kislotaga chidamli. Havoi, ya’ni faqat havoda qotish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar uzoq muddat mustaxkamligini saqlab turadi. Kimeviy tarkibiga ko‘ra ular to‘rt guruxga bo‘linadi: I) ohakli bog‘lovchi moddalar, ular asosan kalsiy oksid CaO dan iborat; 2) magnezial bog‘lovchi moddalar,uning tarkibida magniy oksid bo‘ladi; 3) gipsli bog‘lovchi moddalar, bu moddalarning asosini kalsiy sulfat tashkil etadi; 4) suyuq shisha - natriy silikat yoki kaliy silikat (suvli eritmasi).
    Gidravlik bog‘lovchi moddalar tez qotadi va uzoq vaqtgacha o‘zining mustaxkamligini faqatgina xavo ta’siridan emas, balki suv ta’sirida xam saqlab turadi (xatto ba’zan oshiradi). Gidravlik bog‘lovchi moddalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosan to‘rtta oksiddan tashkil topgan murakkab tuzum shaklida ifodalanadi.

    O‘z navbatida uchta asosiy guruxga bo‘linadi: 1) asosan kalsiy silikat (75% dan ko‘proq)dan iborat silikatli sement, unga portlandsement va uning boshqa turlari kiradi. Bular xozirda qurilishda asosiy "kuch" xisoblanadi; 2) alyuminatli sementlar, uning asosi kalsiy alyuminat xisoblanadi, ulardan asosiysi qum tuproqli sement va uning turdoshlaridir; 3) gidravlik ohak va romansement.
    Kislotalarga chidamli sementlar uchinchi guruxga qarashli bo‘lib, tarkibi o‘ta maydalangan kremneftorli natriy va kaliy yoki natriy silikatni suvli eritmasidan tashkil topgan. Bu bog‘lovchi modda oldin xavo muxitida qotgach uzoq vaqt davomida xar xil kislotalar ta’siriga qarshilik kursatishi mumkin.
    SNiP I-V, 2-69 qoidalariga kura yuqorida aytilib o‘tgan moddalar bilan bir qatorda aloxida guruxga avtoklavda qotuvchi bog‘lovchi moddalar ajratilgan. Bularning qotish jarayoni yaxshi o‘tishi uchun bosimi 0,8-1,5 MPa ga teng bo‘lgan to‘yingan bug‘ bo‘lishi lozim. Bu guruxga ohak-kvars, ohak-shlak, ohak-kulli, mikroqushimchali sementlar, jumladan kvars qumi asosidagi qumli sementlar misol bo‘ladi. CHunki ular gidrotermal va shunga yaqin muxitda yaxshi qotadi. Ularni ishlab chiqarishuchun boshlang‘ich xom-ashyo sifatida tabiiy birikmalar, masalan, ohak, giltuproq, ishlab chikarishdagi chiqindilari va xakazolardan foydalaniladi.
    Bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun xar xil tog‘ jinslarini va sanoat chiqindilarini ishlatish mumkin. Masalan, qurilish gipsi olish uchun ikki molekula suvli gips toshini, yoki fosfor kislotasini ishlab chiqarishda xosil qiluvchi fosfogipsdan foydalanish mumkin.
    Sement olish uchun, bur, ohaktosh, gil jinslar va xakazolar ishlatiladi. Xozirgi davrda keng tarqalgan usul sanoat chiqindilarini keng ishlatib yangi bog‘lovchilar ishlab chiqarishdir.Bog‘lovchi moddalarga va beton qorishmalariga xossalarini yaxshilash uchun xar xil qushimchalar qushiladi. Ular kimyoviy - fizik kimyoviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘lib oltita sinfga bo‘linadilar:
    1 - sinf: birikmalarni reologik xususiyatini kuzatuvchilar, bular uchta guruxga bo‘linadilar: 2- yumshatuvchi - bularga SSB - sulfit-spirtli suyuqlik, SDB - sulfit-achitkich suyuqlik, suvda eriydigan polimer VRP. Bog‘lovchi moddani og‘irligidan 0,15-0,3jo miqdorda qushiladi,
    2 - Suv tutib qoluvchi qo‘shimchalar: aktiv mineral qo‘shimchalar (AMK) - trepel, diatomit,opoka , nordon kullar, xamda xavo olib kiruvchi moddalar. Bularni bog‘lovchi moddani og‘irligidan 0,01-0,05/ miqdorda qo‘shiladi.
    3 - suyuqlantiruvchi (suv ajratmasdan) - bularga mikroko‘pik xosil qiluvchi - mыlonaft, mыlonatriy, asidol (I KPS-10, I 1SHS-11) va boshqa suvga bo‘lgan talabni xamda bog‘lovchi moddalar sarfini kamaytiruvchilar kiradi va 0,01-0,2% miqdorda kiritiladi.
    2 - sinfga bog‘lovchi moddalarni tutib qolish va qotish jarayonlarni boshqaruvchi qo‘shimchalar kiradi va bir nechta guruxga bo‘linishadi:
    1. Tutib qolishni sekinlashtiruvchilar (gips, mыlonaft, SSB, va x.k.) 2. Qotishni sekinlashtiruvchilar (SSB, SDB)
    3. Tutib qolishni tezlashtiruvchilar (NaF CaCL kalsiy, natriy-nitrat va boshqalar). 5. Sovuqqa qarshi qo‘shimchalar
    6. Bir xil klinkersiz bog‘lovchilarni qotishini aktivlashtiruvchilar ( va boshqalar)
    3 - sinf qo‘shimchalar sakkizta guruxga bo‘linadi va bularni umumiy fazilati -qotayotgan bog‘lovchilarni tuzilishini boshqarish va o‘zgartirish, zichligini oshirish.
    4 - sinf qo‘shimchalarga po‘lat armaturani zangga duch kelishini oldini oluvchilar kiradi.
    5 - sinfga o‘ta maydalangan, sement sarfini kamaytirish va beton zichligini oshirish uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchi qo‘shimchalar, ohak, tog‘ jinslari, qum, gil, domna va yoqilg‘i shlaklarining ba’zi turlari va xakazolar kiradi.
    6 - sinfga beton va bog‘lovchi moddalarga aloxida xususiyatlar beruvchi moddalar kiradi, masalan nurlanishga qarshi. Bu qo‘shimchalarni ishlatilishi sementni iqtisod qilishda, mustaxkamlikni oshirishda katta yordam beradi, va ularni miqdori tajriba orqali aniqlanadi.

    Ma’ruza. 2

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bog‘lovchi moddalarning turlanish

    Download 0,57 Mb.