O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 0,57 Mb.
bet8/33
Sana16.01.2024
Hajmi0,57 Mb.
#138802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Gidravlik bog`lovchi moddalar

Oq va rangli sementlar
Bu sementlar eng avvalo oqligi yoki boshqa tiniq ranglari bilan farqlanadilar. Ular tarkibiga oshirilgan miqdordagi Si02 (23,5-25,5%) Al2O3 (5.5-7%) va oz miqdorda Fe2O3 (0,4-

0,5%) qo‘shilgan kam temirli klinkerdan tayyorlanadi. Ularni ishlab chiqarish uchun karbonatli va qum — gilli xom ashyolarning eng soflaridan, xususankaolin va uning sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. Ular 1600 —1650℃ da aylanma pechlarda kuydiriladi. Kuydirishxaroratini pasaytirish uchun minerallovchi — uyuvchi (plavikov) shpat yoki xom ashyoviy massaning 1% gacha miqdorda kremne — ftorli natriy qo‘shiladi. Klinkerga oq rang kiritish uchun uni «oqlaydilar» ya’ni Fe2O3 ni FeO gacha tiklaydilar. Oqlashning ikki usuli —suvli va gazlisi qo‘llaniladi. Klinkerni suvli usulda 1300℃ dan 300℃ gacha va gazli 1100 — 1200℃ dan 200℃gacha birdan keskin sovutgichda sovutiladi. Aktiv mineral qo‘shimcha — diatomit gips va kam temirli klinker to‘yiladi va ok sement tayerlanadi. Rangli portlandsement oq yoki rangli klinkerni aktiv qo‘shimcha —diatomit, pigment va gips bilan birgalikda maydalab to‘yib tayyorlanadi. Bunda aktiv qo‘shimcha 6% dan, gips 3,5% dan oshmasligi lozim.
Rangli portlandsementlarda mineral sintetik yoki tabiiy bo‘yovchi pigmentlarning miqdori 15% dan, organik moddalarning miqdori 0,3%dan ortmasligi lozim. Bo‘yovchi moddalar yoki pigmentlar yuksak bo‘yash xususiyatiga, ishqorlariga (ayniqsa Sa(OH)2ga), quyosh nuriga atmosfera ta’siriga nisbatan yuksak bardoshlikka ega bo‘lishi lozim. Bu talablarni sariq rang beruvchi — oxra, kizil rang — so‘riq, yashil rang beruvchi — xrom oksid zangori rang beruvchi — kobalt oksidi qondiradi. Ularning tutib qolishning boshlanish vaqti 45 min. oldin emas oxiri esa 10 soatdan kech emas, mustaxkamlik bo‘yicha markasi esa —300, 400, 500. Ok rang va rangli portlandsementlarning sifati eng avvalo oqligi, yorqinligi va rangining bir tekisligi bilan aniqlanadi. Oq sementlar yorug‘lik darajasiga kura, uch navga bo‘linadi: oliy, BS- 1, BS – 2
Yorug‘lik koeffitsienti oliy nav uchun: 80 %, BS-1 uchun 76%, BS – 2 uchun 72%
Oq va rangli portlandsementlar qotishda yuqori darajada kichrayishi, emirilishiga bardoshligi va chidamliligining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Kichrayishda yuzaga keluvchi va boshqa deformatsiyalar ularning tarkibida belit, uch kalsiyli alyuminat va turli mineral qo‘shimchalar bilan ortadi.

Download 0,57 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 0,57 Mb.