|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 6/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarXossalari va xususiyati:
Zichligi - 2,6-3 g/sm3. hajmiy sochiluvchan holatda 700-800 kg/m3, zichlantirganda -1000- 1100 kg/m3.
Tarkibidagi erkin holatdagi CaO ko‘ra tutib qolishi muddatlari boshlanishi 0,5-2 soat, ohiri esa 8-16 soatgacha.
Birinchi 7 sutka davomida gidravlik ohak havoda qota boshlaydi va qotishni hamda mustahkamlikka erishishni suvda davom etadi. Mustahkamligi 28 sutkadan so‘ng kuchsiz ohak uchun - 1,74 tadan, kuchli ohak uchun 5 MPa dan kam emas. Gidravlik ohakni hajmiy o‘zgarishini tekisligi uning tarkibidagi erkin holatdagi CaO, MgO ga bog‘liq.
Gidravlik ohak asosida tayyorlangan qorishma va betonlar quruq va nam sharoitlarda uzoq ishlash qobiliyatiga ega. Uni suvoq g‘isht terishda, past markali betonlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Gidravlik bog‘lovchi moddalar, ularning turlari haqida nimalarni bilasiz? 2. Gidravlik ohakni ishlab chiqarish haqida nimalarni bilasiz?
3. Gidravlik bog‘lovchilarni ishlab chiqarishda afzallik va kamchiliklari haqida nimalarni bilasiz?
Ma’ruza. № 3
Mavzu: Portlandsement xossalari, turlari, xom-ashyosi va ularni talqon qilish usullari.
Reja: 1. Portlandsement va uning turlari.
2. Tez qotuvchi va sulfatga bardoshli portlandsementlar. 3. Oq va rangli sementlar.
4. Portlandsement xom-ashyosi va ularni talqon qilish usullari.
Tayanch so‘z va iboralar: portlandsement; klinker; shlakoportlandsement, putssolon portlandsement.
|
| |