|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 14/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarTakrorlash uchun savollar: 1. Portlandsementning xossalari haqida bayon qiling?
2. Klinkerni tuyish jarayoni haqida bayon qiling? 3. Klinkerni saqlash haqida bayon qiling?
Ma’ruza. № 7
Mavzu: Tayyor sementni saqlash, qoplash,transportirovka qilish.
Reja: 1. Sementni saqlash shartlari.
2. Qoplash ishlari.
3. Sementni tashish va transportirovka qilish.
Tayanch so‘z va iboralar: sement, tegirmon, qadoqlash, texnikaviy talablar.
Tegirmondan chiqqan sement o‘lchanib pnevmonasoslar bilan idishlarga yuboriladi. Buning uchun pnevmovintli yoki kamerali nasoslar ishlatiladi. Ularning unumdorligi 11-140 t/s bo‘lib 30 m balandlik, 500 m uzunlikka uzatish mumkin. Buning uchun 0,025 m3/kg siqilgan havo kerak. Bundan tashqari aeroariqchalar ham ishlatilishi kerak.Ariqchaning eni 100-400mm, uzunligi 60- 150 m qilib chiqariladi. Unimdorligi 20-150 m3/ soat. Sement diametri 8-18 m, balandligi 25 -40 m li temirbetonli idishlarda saqlanadi. Ularga 2500 ÷10000 t sement sig‘adi, bu esa 10 kunlik zavodning chiqargan sementi bo‘lishi kerak.
Omborda temir yo‘l keltirilgan bo‘lishi kerak, avtotsementtashuvchilar uchun yo‘l bo‘lishi kerak, tarozi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Sementning asosiy qismi sochilgan holatda yuboriladi, lekin bir qimi qoplarda yuborilishi mumkin. Buning uchun 5-6 qavatli qog‘oz yoki polipropilen qoplar ishlatiladi. Qoplashni maxsus mashinalar bajaradi.
Ekzotermik reaksiyalar bo‘linmasida (1106-1250°C) 3CaO.Al2O3 4CaO.Al2O3 .Fe2O3 xosil bo‘lishining qattiq fazali reaksiyalari kechadi va pech uzunligining 5-7% ini
egallaydi,ikatta miqdorda issiqlik chiqishi va modda xaroratining intensiv ravishda ortishi (150-200°C ga) bilan birgalikda kechadi.
Erish bo‘linmasida (1300-1450-1300°C) -(davomiyligi pechning 10-15% ini tashkil qiladi) pechning xarorati kuydirilayotgan modda uchun eng yuqori xarorat (1450°C)ga erishadi. Bu moddaning Qisman erishi va alit 3CaO.SiO2 xosil bo‘lishi uchun zarur. 1300°C da kuydirilayotgan modda xajmining 20-30% miqdori (nisbatan engil eruvchi minerallar C3A,C4AlF.MGgO.CaO va aralashmalar)eriydi. Xaroratning 1450°C gacha ko‘tarilishida klinker suyuqligidiva CaO eriydi va eritmada ulardan alit 3CaOSiO2 xosil buladi. Alit eritmada yomon eriydi va buning natijasida undan mayda kristallchalar ko‘rinishida ajralib qoladi. Alit xosil bulish jarayoni modda 15-20 minut erish bo‘linmasida bo‘lganda tugaydi. Pechning aylanib turishida erigan modda uzluksiz ravishda oqib turgani tufayli mayda zarrachalar granullar bilan aralashib ketadi. Haroratning 1450°C dan 1300°C ga pasayishi eritmadagi ning (periklaz ko‘rinishida) qotishiga olib keladiki, bu qotish erish bo‘linmasidan keyin keluvchi sovish bo‘linmasida tugaydi. Sovish bo‘linmasida klinkerning xarorati 1300°C dan 1000°C gacha pasayadi; bu erda uning tuzilishi va alit,belit va boshqa minerallarniperiklaz, shishasimon faza xamda ikkinchi darajali tashkil etuvchilarni o‘z ichiga oluvchi tarkibi butkul shakllanadi. Klinkerda erkin ohak CaO 0,5-1%dan ortik bo‘lmasligi kerak.
Klinker aylanuvchi pechdan to‘q kulrang yoki yashilsimon kulrang rangli granulalar ko‘rinishida chiqadi. Klinker pechdan chiqishida 1000°C dan turli turdagi sovutkichlarda 100-200°C gacha sovutiladi va bir-ikki xafta omborxonada saqlanadi.
Sement ishlab chiqarishning quruq usuli so‘nggi yillarda anchagina takomidlashtiriladi. Eng ko‘p quvvat talab qiluvchi jarayon bo‘lmish xom-ashyoni karbosizlantish - aylanuvchi pech zimmasidan olinib, bu jarayon tezrok kechuvchi va bunda (qaytayotgan) gazlarning issig‘idan foydalanuvchi dekarbonizator zimmasiga yuklanadi. Xom-ashyoviy un avval siklonli issiqlik bergichlar sistemasiga tushib, bu erda muallaq xolda (qaytayotgan) gazlar bilan yasatiladi va issiqligicha dekarbonizatorga uzatiladl. Issqklik bergichlarni dekarbonizator bilan birgalikda pechning uzunligi taxminan ikki marta qisqaradi
Takrorlash uchun savollar: 1. Sementni saqlash shartlari haqida nimalar bilasiz?
2. Qoplash ishlari haqida nimalar bilasiz?
3. Sementni tashish va transportirovka qilish haqida nimalar bilasiz?
Ma’ruza. № 8
|
| |