O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 0,57 Mb.
bet13/33
Sana16.01.2024
Hajmi0,57 Mb.
#138802
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
Gidravlik bog`lovchi moddalar

Xom ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker olish
Maydalab tuyilgan va yaxshilab aralashtirilgan xom-ashyoviy aralashma sement kuydiruvchi pechlarda I400-1500°C xaroratda kuydiriladi. Xom-ashyoviy aralashmani kuydirish quruq usulda ishlab chiqarishda xam asosan aylayauvchi pechlarda amalga oshiriladi. Aylanuvchi pech bir oz qiya qilib joylashtirilgan uzun silindrdan iborat bo‘lib, ichi olovbardoshli qilib qoplangan bo‘ladi. Pechning uzunligi 95-185-230m, diametri 4-7 m bo‘ladi.
Aylanuvchi pechlar teskari oqish prinsipы buyicha ishlaydi. Kukun (quruq usulda) yoki shlam (xul usulda) kurinishdagi xom-ashyo avtomatik ta’minlov-
chi vositasida pechga uning yuqori (sovuq) tomonidan yuboriladi, quyi (issiq) tomondan esa 20-30 metrli alanga kurinishida yoqilg‘i (tabiiy gaz, mazut, xavo va kumir kukuni aralashmasi) pufdanadi. Xom-ashyo pech ko‘ndalang kesimning fasat bir kiomigina egallaydi va u pech 1-2

ayl/min tezlik bilan aylanib turgani xolda, turli xarorat bo‘linmalarini O‘TIB sekin-asta pastga, yonuvchi gazlar tomonga qarab xarakterlanadi. V.N. Yung bergan ma’lumotlarga ko‘ra aylanuvchi pech shartli ravishda oltita zonaga bo‘linadi:
Bug‘lanish bo‘linmasi - xaroratning 70°C dan 200°C ga uzluksiz osha borishda tushayotgan xom-ashyo quriydi. Qurigan modda uvalanadi, aylanib-aylanib tushayotganda uvalangan xom-ashyo yanada mayda shakillarga bo‘linadi.
Qizdirish bo‘linmasi - 200°C dan 700°C gacha xaroratda xom-ashyodagi organik aralashmalar kuyib ketadi, gilli minerallardan kristal-lokimyoviy suv chiqib ketadi, 450-500°C da suvsiz kaolinitAl2O3 ,2SiO2 yuzaga keladi. Bu ikki bo‘linma ishlab chiqarishining xul usulida pech uzunligining 50-60% ini egallaydi, quruq usulda esa xom-ashyoni tayyorlash bug‘lanish bo‘linmasi xisobiga qisqaradi.
Karbonsizlanish bo‘linmasi - uzunligi pech uzunligining 20-23% ini tashkil qiladi. Bu bo‘linmada kuydirilayotgan moddaning xarorati 700°C dan 1100°C gacha ko‘tariladi. Bu erda kalsiy va magniy karbonat tuzlarining bo‘linishi jarayoni nixoyasiga etadi va katta mikdordagi erkin kalsiy oksidi yuzaga keladi. CaCO3 ning termik bo‘linishi - issiqlikning katta yutilishi bilan kechiruvchi endotermik jarayon bo‘lib, bu tufayli pechning shu bo‘linmasida issiqlik iste’moli katta bo‘ladi. SHu bo‘linmada suvsiz-langan gilli minerallarning SiO2, Al2O3, Fe2O3 oksidlarigaparchalanish yuz beradi. SaO esa 3CaO.Al2O3 va qisman 2CaO.Al2O3 tipidagi kimyoviy birikmalarni xosil qiladi.
Ekzotermik reaksiyalar bo‘linmasida (1106-1250°C) 3CaO.Al2O3 4CaO.Al2O3 .Fe2O3
xosil bo‘lishining qattiq fazali reaksiyalari kechadi va pech uzunligining 5-7% ini egallaydi,ikatta miqdorda issiqlik chiqishi va modda xaroratining intensiv ravishda ortishi (150-200°C ga) bilan birgalikda kechadi.
Erish bo‘linmasida (1300-1450-1300°C) -(davomiy
ligi pechning 10-15% ini tashkil qiladi) pechning xarorati kuydirilayotgan modda uchun eng yuqori xarorat (1450°C)ga erishadi. Bu moddaning Qisman erishi va alit 3CaO.SiO2 xosil bo‘lishi uchun zarur. 1300°C da kuydirilayotgan modda xajmining 20-30% miqdori (nisbatan engil eruvchi minerallar C3A,C4AlF.MGgO.CaO va aralashmalar)eriydi. Xaroratning 1450°C gacha ko‘tarilishida klinker suyuqligidiva CaO eriydi va eritmada ulardan alit 3CaOSiO2 xosil buladi. Alit eritmada yomon eriydi va buning natijasida undan mayda kristallchalar ko‘rinishida ajralib qoladi. Alit xosil bulish jarayoni modda 15-20 minut erish bo‘linmasida bo‘lganda tugaydi. Pechning aylanib turishida erigan modda uzluksiz ravishda oqib turgani tufayli mayda zarrachalar granullar bilan aralashib ketadi. Haroratning 1450°C dan 1300°C ga pasayishi eritmadagi ning (periklaz ko‘rinishida) qotishiga olib keladiki, bu qotish erish bo‘linmasidan keyin keluvchi sovish bo‘linmasida tugaydi. Sovish bo‘linmasida klinkerning xarorati 1300°C dan 1000°C gacha pasayadi; bu erda uning tuzilishi va alit,belit va boshqa minerallarniperiklaz, shishasimon faza xamda ikkinchi darajali tashkil etuvchilarni o‘z ichiga oluvchi tarkibi butkul shakllanadi. Klinkerda erkin ohak CaO 0,5-1%dan ortik bo‘lmasligi kerak.
Klinker aylanuvchi pechdan to‘q kulrang yoki yashilsimon kulrang rangli granulalar ko‘rinishida chiqadi. Klinker pechdan chiqishida 1000°C dan turli turdagi sovutkichlarda 100-200°C gacha sovutiladi va bir-ikki xafta omborxonada saqlanadi.
Sement ishlab chiqarishning quruq usuli so‘nggi yillarda anchagina takomidlashtiriladi. Eng ko‘p quvvat talab qiluvchi jarayon bo‘lmish xom-ashyoni karbosizlantish - aylanuvchi pech zimmasidan olinib, bu jarayon tezrok kechuvchi va bunda (qaytayotgan) gazlarning issig‘idan foydalanuvchi dekarbonizator zimmasiga yuklanadi. Xom-ashyoviy un avval siklonli issiqlik bergichlar sistemasiga tushib, bu erda muallaq xolda (qaytayotgan) gazlar bilan yasatiladi va issiqligicha dekarbonizatorga uzatiladl. Issqklik bergichlarni dekarbonizator bilan birgalikda pechning uzunligi taxminan ikki marta qisqaradi.
Bizning O‘zbekistonda portlandsement tayyorlashning yangi usuli - klinkerni xloridlar ning tuzli eritmasida kuydirish usuli topildi.
Bu usulning muallifi B.V.Nudelman pechning asosiy reaksion muxiti (silikatli eritma)ni xloridlar asosidagi tuzli eritma bilan almashtirdi.
Alenit - yuqori asosiy Al-Cl kalsiy silikati bo‘lib, tarkibida 2,5,0 xlorid mavjud. Bu xolda klinker 3-4 marta engilrok maydalanadi, bu esa tuyishning quvvat sarfini kamaytirish va

tuyuvchi asboblar sonini qisqartirish imkonini beradi. Alenitli sement dastlabki muddatlarda tezroq gidratlanadi. Biroq bu turdagi sementdan foydalanilgan konstruksiyalar tez emirilishi kuzatilgan. Bugunda bu sementdan tayyorlangan betonning emirilishiga chidamliligini chuqur o‘rganilmoqda


Download 0,57 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 0,57 Mb.