O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 0,57 Mb.
bet16/33
Sana16.01.2024
Hajmi0,57 Mb.
#138802
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Gidravlik bog`lovchi moddalar

Portlandsementning qotishi.
Binokorlik gipsi qotgan vaqtda qanday protsesslar sodir bo‘lsa, portlandsementning qotishida ham xuddi shunday protsess sodir bo‘ladi.
Portlandsement suvda qorilgach, dastlab klinker minerallar erib, tuyilgan qorishma hosil bo‘ladi. So‘ngra ular suv bilan quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘zaro ta’sir etishadi:
3CaO* SiO2 + (n+1) H2O= 2 CaO* SiO2*nH2O + Ca(OH)2 2CaO*SiO2+ nH2O= 2CaO*SiO2*n H2O
3CaO*Al2O3+ 6H2O =3CaO*Al2O3*6H2O
4 CaO*Al2O3*Fl2O3+pH2O=3CaO*Al2O3*6H2O+CaO*FeO3(p-6) H2O

Uch kalsiyli silikat gidrolizatsiyalanganda erkin ohak Ca(OH)2 ajralib chiqishining muhim amaliy ahamiyati bor; chunki agar sement toshida juda eruvchan (1,3 -1,7 g/l) erkin ohak bo‘lsa, u suvli sharoitda portlandsementning puxtaligi kamayadi).


Gidratlanish va gidroliz natijasida klinker minerallarining gidratlari mayda zarralar ko‘rinishida qorishmadan ajralib chiqadi. Natijada portlandsement donalari ustida shu zarralardan iborat cho‘kindi hosil bo‘ladi. CHo‘kindining zichlashuvi portlandsementni qotishini sekinlashtirib qo‘yadi.
Sement kukuni zarralari qanchalik tez va to‘la reaksiyaga kirishadi. Gidrotlanishda sement elimday yopishqoq bo‘lib qoladi. Beton qorishmasidagi sement xamiri to‘ldirgich (qum, shag‘al) donalarini qamrab olib, bir- biriga yopishtiradi, qorishma qotgandan keyin yaxlit sun’iy tosh –beton hosil bo‘ladi.
Mayda gidrat donalari to‘ldirgich donalari orasidagi ishqalanishni kamaytiradi. Natijada beton qolipga oson quyiladi.
Sement xamirining plastik-yopishqoq holati 1-2 soatdan uzoq saqlanmaydi.Mayda donalar yirik donalarga aylanishi natijasida sement xamiri zichlashadi, qotadi, toshga aylanadi.
Sementni mayda qilib tuyish, atrofdagi muhit t0 sini oshirish va qotiruvchi moddalar qo‘shish yo‘li bilan sementning qotishini tezlatish mumkin. Bu moddalar sement og‘irligining 1-2 % i miqdorida qo‘shiladi.
Portlandsement havoda qotsa, hajmi kichrayadi, suvda qotganda esa bir oz ortadi (sement bo‘ladi).Portlandsement suv bilan ta’sir etib issiqlik ajralib chiqadi.(50-60 0). Bu ba’zan massiv konstruksiyalarga yaramasa, qishda beton qorishma tayyorlashda qo‘l keladi. Suv muzlamaydi.

Download 0,57 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 0,57 Mb.