• Ma’ r uza. № 5 Mav z u: Q u ruq u s u l da kl i nker n i p
  • Ta k ro r lash u ch u n savo l lar
  • K li n kerni tuyish
  • O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 0,57 Mb.
    bet12/33
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #138802
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
    Bog'liq
    Gidravlik bog`lovchi moddalar

    Takrorlash uchun savollar:
    1. Portlandsement ishlab chiqarish usullari haqida nimalarni bilasiz? 2. Klinkerning mineralogik tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
    3. Sement klinkerini pishirish haqida nimalarni bilasiz?
    4.Ho‘l usulda klinker ishlab chiqarish haqida nimalarni bilasiz?

    Ma’ruza. 5
    Mavzu: Quruq usulda klinkerni pishirish texnologiyasi. Reja:
    1.Quriq usulda klinker pishirish. 2.Klinkerlarni saqlash. 3.Klinkerning o‘lchamlari.

    Tayanch so‘z va iboralar: klinker,sement,bog‘lovchi.

    SHlam xo‘l yoki quruq usulda tayyorlangan bo‘lishidan qat’iy nazar, aylanma pechlarda kuydiriladi. Hozirgi aylanma pechlar ro‘lat taxtalardan yasalgan barabandan iborat. Metalni yuqori xarorat ta’siridan saqlash va issiqlik kam isrof bo‘lishi uchun rechning ichiga o‘tga chidamli materiallar qoplanadi (futerovka qilinadi). Bu o‘ta chidamli materiallar ishlash sharoitiga qarab tanlanadi.Qoplama sifatida A va V klassdagi shamot g‘isht, gil – tuproq va magnezal o‘tga chidamli g‘isht ishlatiladi.Qoplama sifatida ancha arzon, o‘tga chidamli beton ishlatish tajribasi ham bor. Ammo bu material hozircha faqat tajriba sifatida ishlatilmoqda.


    Hozirgi kunda O‘zbekiston zavodlarida klinkerning asosiy qismi 3x100, 4x150, 4,5x 170, 5x60 va 7x 90 m o‘lchamli pechlarda ishlab chiqarilmoqda. Ularning bir sutkalik ish unumi 400, 800, 1200, hatto 1800 va 3000 tonnagacha bo‘linadi. Solishtirma issiqlik sarfi 5000-6700 kj/kg; har bir pech uchun solishtirma elektr energiyasi sarfi 25-26 kVt. Soat/tonna klinkerni tashkil qiladi.
    Pech uch xil tezlikda, yani bir daqiqada 0,5; 0,75 va 1 marta aylanishi mumkin. Tezlikni elektr yurituvchining aylanishlar sonini ko‘paytirish yo kamaytirish bilan o‘zgartirish mumkin. Pech 40 gradus qiyalikda o‘rnatiladi. U qiya o‘rnatilgani uchun aylanganida material baraban ichida pastga surilib tushadi. Pechning ko‘tarilgan qismi chang ushlagich kamerasiga kirib turadi. Tashqaridan havo kirmasligi uchun chang kamerasi bilan baraban orqasidagi tirqish

    maxsus tuzilmalar bilan zichlanadi. SHlam cho‘michli ta’minlagich yordamida bachokdan quvir orqali pechga oqib keladi.


    Qarama- qarshi tamondan pechga ko‘mir changi, chang- havo yoki gaz- havo aralashmasi bosim ostida purkalanadi. Ko‘mir yoki gaz qizib turgan bo‘shliqqa tushib, pech boshidan taxminan 10 m masofada yonib ketadi. Hosil bo‘lgan qizib ketgan tutun gazlarini pech oxiriga o‘rnatilgan ventiliyator barabani bilan surib tashlanadi. Kuydirilgan material tutun gazlariga qarshi tamonga harakat qiladi.Qizib ketgan gazlar yaxshi qizimagan material bilan uchrashib, unga o‘z issiqligini beradi va soviy boshlaydi. Natijada tashqi xavo haroratidagi suyuq shlam asta- sekin erib, qovishib, pishish issiqligi (14500 C) gacha qiziydi. Qisman erib qovishib rishayotgan klinker, ayniqsa pechning aylanma harakati tufayli hosil bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari borgan sari zichlashib, yuqori qattiqlikka ega bo‘la boshlaydi. So‘ngra shu usulda hosil bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari pech oxiridagi sovuq havo oqimiga duch kelib, unda o‘z issig‘ini beradi va qotib qoladi. Isigan havo keyin yoqilg‘ining yonish zonasiga keladi, deyarli 1000- 1100 0C gacha sovigan klinker esa pech barabanidagi teshikdan zanjirli rekuperatorning yoki panjarali sovitgichlarga to‘kilib tushadi. Bu erda klinker 50-100 0C gacha sovitilib, so‘ngra omborga jo‘natiladi. Sovitgichlar bir necha xilda bo‘lishi mumkin: jumladan, barabanli sovitgich, rekureratorli sovitgich, skrebkali va panjarali sovitgichlar.Xozirgi pechlarga rekureratorli yoki panjarali sovitgichlar o‘rnatilmoqda. Klinker iqlim sharoitiga qarab ochiq va yopiq omborlarda saqlanadi. So‘ngi yillarda klinkerni saqlash uchun siloslash ham ishlatilmoqda. Ularning sig‘imi 3-5 sutkada ishlab chiqarilgan klinker hajmiga teng.
    Klinker pech sovitgichidan kurakli transportiyorlar yoki vagonetkalar orqali omborlarga jo‘natiladi. Klinker omborlarining hajmi ancha katta bo‘lib, ularga 30 t va undan ortiq klinker ketadi. Bunday omborlar asosan klinkerni etiltirish uchun kerak. Omborlarda saqlash davomida klinkerdagi erkin ohak havo nami ta’sirida so‘nadi. SHu bilan klinker tarkibiy tuzilishi jihatidan kovak bo‘lib qoladi va shuning uchun osongina tuyuladi.Ayrim vaqtlarda klinkerga suv ham sepib turiladi.

    Takrorlash uchun savollar: 1.Quriq usulda klinker pishirish haqida bayon qiling? 2.Klinkerlarni saqlash haqida bayon qiling? 3.Klinkerning o‘lchamlari haqida bayon qiling?

    Ma’ruza. 6
    Mavzu: Klinkerni talqon qilish usullari. Reja:
    1. Portlandsementning xossalari. 2. Klinkerni tuyish jarayoni.
    3. Klinkerni saqlash.

    Tayanch so‘z va iboralar: portlandsement,klinker Klinkerni saqlash
    Issiqlik klinkerni tuyish uchun tegirmonlarga yo‘naltirish mumkin emas, klinkerning xarorati 50°C ga tushgandan so‘nggina shunday qilish mumkin. Bu xol issiq klinkerni tuyish ba’zan tegirmonda ikki suvli gipsning suvsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda sementning qotish muddatlari standart talablaridan chiqib ketishi mumkin. Klinker xaroratini talab qilingan chegaralargacha tushurishni uni ma’lum. Muddat saqlash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Klinkerni saqlash bundan tashkari yana bir maqsadni - pechlarda remont ishlari ketayotgan davrda sement tegirmonlari tug‘ri ishlashini ta’minlash uchun rezerv zapasini yaratishni xam ko‘zda tutadi.
    Klinker usti yopiq, tirgaklarga ega bo‘lgan devorlarning balandligi 3-6 m bo‘lgan,ko‘priksimon kranlar bilan jixozlangan omborlarda saqlanadi. Pechdan chiqqan klinkerning tarkibida ma’lum miqdorda erkin kalsiy oksida SaO bo‘ladi. Klinkerning saqlanib turishi bu ohakning so‘nishiga va sement sifatining yaxshilanishiga imkon beradi.

    Klinkerni tuyish
    Portlandsementni ko‘pchilik xossalari xususan aktivligi, qotish tezligi maydalik darajasi, kukun zarrachalarini shakliga bog‘liqdir. Sement zarrachalarini o‘lchash 5-10 dan 30-40 mkm gacha bo‘lguncha, satxi yuzasi 3000-45000 sm²/g ga va 008 elakdan 90% gacha kukun o‘tguncha maydalanadi.
    Bu ish ochiq yoki yopiq sikl bo‘yicha ishlovchi ayirish qurilmalarda amalga oshiriladi. Ichi pulat zirx plitalar bilan qoplangan va teshikli to‘siqlar bilan ikki-to‘rt kameraga bo‘lingan baraban ko‘rinishidagi trubali tegirmon shular jumlasidandir. Xom-ashyo ularda tuyuvchi jismlar - po‘lat sharlar, (yirik qilib tuyuvchi kameralarda)va silindrlar (mayda qilib tuyish uchun) yordamida tuyiladi. Ochiq sikl bo‘yicha ishlayotganda
    modda yirik tuyish kamerasi tomonidan g‘ovak uk orqali keladi, tuyilgan modda esa mayda tuyish kamerasidan chiqadi.
    Klinkerni tuyish jarayonini samaradorligini oshirish uchun sirtiaktiv moddalar kushish tavsiya etiladya. Masalan, mыlonaft, petrolatuma, sul’fit-achitqi va xakazo. Bu moddalarni miqdori tajriba orqali o‘rnatiladi. Portlandsementning tutib kolishini sekinlash-
    tirish uchun tuyish vaqtida klinkerga ( SO³ ning sementdagi umumiy tarkibi 3,5% dan ortmaydigan qilib) gips qo‘shiladi. Xosil bo‘lgan sement surgichlar orqali omborlarga jo‘natiladi.
    Surgichlardan tashqari tashish vositalari sifatida cho‘michli elevator; pnevmatik tashuvchilar, aerojeloblar ishlatiladi. Sementni odatda temirbeton siloslarda ( α=8-18m, balandligi 25-40m) saqlanadi. Iste’mol qiluvchi korxonalarga sement qog‘oz qoplarda -vagonlarda, jo‘natiladi.
    1. Portlandsementni ko‘pchilik xossalari xususan aktivligi, qotish tezligi maydalik darajasi, kukun zarrachalarini shakliga bog‘liqdir. Sement zarrachalarini o‘lchash 5-10 dan 30-40 mkm gacha bo‘lguncha, satxi yuzasi 3000-45000 sm²/g ga va 008 elakdan 90% gacha kukun o‘tguncha maydalanadi.
    Bu ish ochiq yoki yopiq sikl bo‘yicha ishlovchi ayirish qurilmalarda amalga oshiriladi. Ichi pulat zirx plitalar bilan qoplangan va teshikli to‘siqlar bilan ikki-to‘rt kameraga bo‘lingan baraban ko‘rinishidagi trubali tegirmon shular jumlasidandir. Xom-ashyo ularda tuyuvchi jismlar - po‘lat sharlar, (yirik qilib tuyuvchi kameralarda)va silindrlar (mayda qilib tuyish uchun) yordamida tuyiladi. Ochiq sikl bo‘yicha ishlayotganda
    modda yirik tuyish kamerasi tomonidan g‘ovak uk orqali keladi, tuyilgan modda esa mayda tuyish kamerasidan chiqadi.
    Klinkerni tuyish jarayonini samaradorligini oshirish uchun sirtiaktiv moddalar kushish tavsiya etiladya. Masalan, mыlonaft, petrolatuma, sul’fit-achitqi va xakazo. Bu moddalarni miqdori tajriba orqali o‘rnatiladi. Portlandsementning tutib kolishini sekinlash-
    tirish uchun tuyish vaqtida klinkerga ( SO³ ning sementdagi umumiy tarkibi 3,5% dan ortmaydigan qilib) gips qo‘shiladi. Xosil bo‘lgan sement surgichlar orqali omborlarga jo‘natiladi.
    Surgichlardan tashqari tashish vositalari sifatida cho‘michli elevator; pnevmatik tashuvchilar, aerojeloblar ishlatiladi. Sementni odatda temirbeton siloslarda ( α=8-18m, balandligi 25-40m) saqlanadi. Iste’mol qiluvchi korxonalarga sement qog‘oz qoplarda -vagonlarda, jo‘natiladi.

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 0,57 Mb.