• Ma’ r uza. № 3 Mav z u: P o r tlan d s e m e nt ho‘l u s u l
  • O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 0,57 Mb.
    bet9/33
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #138802
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
    Bog'liq
    Gidravlik bog`lovchi moddalar

    Takrorlash uchun savollar:
    1. Portlandsement va uning turlari haqida nimalar bilasiz?
    2. Tez qotuvchi va sulfatga bardoshli portlandsementlar haqida nimalar bilasiz? 3. Oq va rangli sementlar haqida nimalar bilasiz?
    4. Portlandsement xom-ashyosi va ularni talqon qilish usullari haqida nimalar bilasiz?

    Ma’ruza. 3
    Mavzu: Portlandsement ho‘l usulda xom – ashyoni talqon qilish.

    Reja: 1.Portlandsement ishlab chiqarish va uning usullari. 2.Ho’l usulda Portlandsement xom-ashyosini talqon qilish.
    Tayanch so‘z va iboralar: portlandsement; klinker, xo’l usul. Maydalash, talqon qilish, saralash.

    Portlandtsementni ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    a) xom-ashyoviy moddalarni konlardan qazib olish va zavodga tashib keltirish; b) xom-ashyoviy aralashmani tayyorlash;
    v) pishirish uchun xom-ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker xosil qilish; g) klinkerga gips qoʼshib tuyish va portlandtsement xosil qilish;
    d) tayyor maxsulotni idishlarga joylash, saqlash.
    Barcha texnologii operatsiyalar lozim boʼlgan tarkibli va sifatdagi klinker olishni taʼminlashga qaratilgan. Xom-ashyoviy aralashmani tayyorlash belgilangan nisbatdagi komponentlarni maydalab tuyish va aralashtirishdan iboratki, bu komponentlar oʼrtasida yuz beradigan reatsiyalarning tuligʼini amalga oshishini va klinkerning bir jinsli boʼlishini taʼminlaydi. Xom-ashyoviy aralashma quruq, xul va chatishtirilgan usullar bilan chala quruq qilib tayyorlanadi.
    Eng keng tarqalgan xom-ashyoviy moddalarni tuyish va ularni gomogenlashning soddaligi bilan diqqatni jalb etadi. Bundan tashkari, bu usulda xizmatchi xodimlarning ishlashlari uchun eng yaxshi
    sanitar-gigienik sharoitlar yaratiladi. Biroq bu usul katta quvvat sarfini talab qiladi. Quruq usul xul usulga nisbatan katta quvvat sarfini talab qiladi. Quruq usul xul usulga nisbatan katta ustunlikka ega - kuydirishda issiqlik sarfi 40% gacha kamayadi. Texnologiyasining murakkabligi xamda koʼp texnologik asbob-uskunalar talab kilinishi bu usulning kamchiligi xisoblanadi.
    Biroq texnik-iktioodiy koʼrsatkichlar majmuasiga koʼra klinker ishlab chiqarishning quruq usuli xul usulga nisbatan tejamliroqdir. Shu sababli mamlakatimizda bu usul ancha keng qullaniladi.
    Xul usul
    Bu usul agar xom-ashyo mayda boʼlsa xamda katta namlikka ega boʼlsa qoʼllaniladi va quyidagi texnologik rejada oʼtib boradi:
    Yumshoq jinslar (gil va bur) maydalagich (drobilka) da 10 sm oʼlchamli boʼlakchalargacha maydalanadi va soʼngra loyqorgichda qoriladi. Suyuq oquvchi modda - shlam koʼrinishidagi xom ashyoviy aralashma 35—45% namlikka ega boʼladi. Loyqorgich - diametri 10m ga balandligi 2,5-3,5 m li dumaloq temirbeton rezervuar boʼlib, ichi chuyan plitalar bilan qoplangan boʼladi. Qorgichning oʼrtasida gilni maydalash uchun pulat xaskash maxkamlangan krestovina aylanadi. Gil qorgichga suv bilan birgalikda uncha katta boʼlmagan qismlar bilan solib turiladi. Xaskashlar katta boʼlaklarni oʼlchamlari 3-5 mm dan katta boʼlmagan mayda donachalarga boʼladi, ular esa suvda osongina erib ketadilar. Xosil boʼlgan shlam maytsalangan ohaktosh bilan birgalikda tuyish uchun surgichlar bilan xom ashyoviy tegirmonning sarflovchi bunkerlariga oʼtkaziladi. Аgar karbonat xom-ashyosi sifatida burdan foydalanilsa, u xolda uni avval (maydalangandan sung) gil bilan birgalikda qorgichda qori¬ladi, soʼngra esa tegirmonda tuyiladi. Gilning yirik, erimagan donachalari idishning tubida yigʼilib qoladi va vaqti-vaqti bilan chiqarib tashlanadi.
    Xom-ashyoviy aralashmaning ikkinchi komponenti - ohaktosh - bolgʼali toshmaydalagichda maydalanadi va tashuvchi qurilmalar yordamida gilli shlam bilan birgalikda tuyish uchun xom-ashyoviy aralashmaning komponentlari oʼrtasida aniq nisbatni saqlab turishga imkon beruvchi avtomatik boshqaruvchisi boʼlgan uzluksiz ishlab turuvchi tarozli dozatorlarorqali sharli tegirmonga yoʼnaltiriladi. Xom-ashyoni tuyish to №008 - elakda uning 8-10% dan ortiq boʼlmagan qismi qolguncha davom ettiriladi, yaʼni xom-ashyo zarralarining 90% i 80mkm dan kam boʼlgan oʼlchamga ega. Tegirmonda tuyilgandan soʼng shlam gorizontal va vertikal shlambasseynlarga surib oʼtkaziladi. Bu shu bilan bogʼlanganki, xom-ashyo bir jinsli boʼlmasligi tufayli uning kimyoviy tarkibi oʼzgarishi mumkin, sementiing sifati esa kuydiriladigan xom ashyoviy aralashmaning kimyoviytarkibigabogʼlik. Tegirmondagi shlam avval birinchi vertikal basseynga uzatiladi. Sozlangan shlam katta xajmli gorizontal shlambasseynlarda saqlanadi, undan esa surgichlar yordamida aylanib turuvchi pechga surib oʼtkaziladi. Pechdan u 1000- 1100°C xaroratda chiqadi va panjarali sovutkichga (kolosnikovыy xolodilьnik) ka yoʼnaltiriladya. Bu yerda u oʼzi orqali oʼtuvchi xavo vositasida 30-50°C gacha sovutiladi. Xozirgi vaqtda koʼproq "Volga" sovutkichi qullanilmoqda. Sovutkichdan klinker va qoʼshimchalar maydalash asbobiga va bunkerga tushadi. Maydalangan klinker tashuvchi vositalar yordami bilan omborga uzatiladi. Uni saqlash vaqtida baʼzan erkin CaO moddada tutib qolinadi va xavoning namida soʼnadi va bu xolatda klinkerning xususiyati yaxshilanadi.


    Download 0,57 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 0,57 Mb.