|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 21/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarDomna shlaklari kimyoviy tarkibi
Sekin sovutilgan shlaklarda CaO, - SiO2, AL2O3 bilan tulik bog‘langan bo‘lib - 2 CaO, SiO2, rankinit 3 CaO, 2 SiO2, melilit – 2 CaO, AL2O3, SiO2, okermanit 2 CaO, MgO2, SiO2 kabi birikmalar xosil qiladi. Agar CaO > 44 – 46% oshsa unda shlaklarni zarrachalari o‘z – o‘zidan kuxun xolatga o‘tadi. SHlakdagi MgO uning gidravlik aktivligi yaxshi ta’sir kursatadi, ammo miqdori – 15 – 20% dan oshmasligi kerak.
SHlakdagi AL2O3 aktivligini oshiradigan birkmalar xosil qiladilar. Kremniy oksidi SiO2 shlakdagi miqdori portlandsementga nisbatan ko‘proq, ular sovutilganda kristallanmaydi va shisha kurinishda kotib qoladi.
Fe2O3 – shlakda kam bo‘ladi va gidravlik xossasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. MnO ning miqdori 2 – 4% dan oshishi mumkin emas, chunki u shlakni (aktivligini) pasaytiradi.
Domna shlaklarni gidravlik xususiyatlari.
Oddiy sharoitlarda suv bilan birikishida deyarli domna shlaklari faolligini ko‘rsatmaydilar va qotmaydilar. Ammo tadqiqotlar shuni qo‘rsatdaki shlaklardagi kristal yoki shishasimon fazalaridagi moddalarga mexanik, kimyoviy va issiklik faktorlar ta’sir ettirsa ular suv bilan ta’sirlashadi va gidravlik qotishga qobiliyati oshadi. Natijada yangi, suvda eriymadigan moddalar xosil qilinadi. Xususan gelenit - 2CaO, AL2O3, SiO2 – oddiiy xaroratdainert bo‘lib Sa(ON) ta’sirida suv bilan oddiy sharoitlarda qotuvchi maxsulotlar xosil qiladi.
Okermanit - 2 CaO, MgO, 2 SiO2 oddiy sharoitda va neytral muxitda gidratatsiyaga qodir emas, ammo Sa(ON)2 ta’sirida u S – S – N(II) xosil qilib gidratlanadi.
Odatda ishqoriy aktivizatorlar sifatida ohak va portlandsement kullashadi, shuni ular suv bilan ta’sirlashuvida Sa(ON)2 ajratadi.
Sulfat aktivizatorlar sifatida – gips yoki angidrid kullanadi.
Asosiy domna shlaklari 44 – 48% SaO, 35 – 38% SiO2 5 – 10% AL2O3 lardan iborat. Bular 5 – 10% ohak yoki portlandsement ta’sirida ishqorli aktivashishga duch keladilar va past asosli gidrosilikatlar xosil qilishga olib keladi. Xar xil Tarkibli shlakli shishalarni gidravlik aktivligi issiklik ishlovida keskin oshadi.
|
| |