|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 22/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarGranullangan elektrotermofosfor shlaklari.
Bu turdagi shlaklari fosfatli mineral xom ashyolar – fosforitlar va apatitlarni – oddiy fosfor ajratib olish uchun ularga elektrotermik ishlov berishda xosil bo‘ladigan qo‘shimcha maxsulotlardir. 1t fosfordan – 10 – 12t shlaklar xosil bo‘ladi va ular quyidagilardan iborat SaO – MgO yig‘indisi 80 – 85%. Elektrotermofosfor shlaklar shlakoportlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu shlaklarda kuyidagilar bo‘lishi kerak:
SiO2 – 38% dan kam emas
SaO + MgO – 43% dan kam emas R205 – 2,5% dan ko‘i emas Granullangan yoqilg‘i shlaklari
Ular kukunsimon toshko‘mirni 1500 – 1700S da yoqishda xosil bo‘ladi. Ularning mineralli qismini o‘txonadan erigan shlak ko‘rinishida chiqarib olinadi va suvda granullanadi. Ular asosan shaffof kislotali ferroalyumsilikat shishadan iborat bo‘ladi. Tarkibida 85 – 92% gachan SiO2, AL2O3, F2O mavjud. Bular bir xil kimyoviy va fazoviy tarkibga egadir. YOnilg‘i granullargan shlaklardan tayyorlangan bog‘lovchilar avtoklavdi qotishda gidrogranat, murakkab tarkibli birikmalar xosil qilib qotadi.
Domna shlaklarni granullash (aktivligini oshirish)
Bog‘lovchi moddalar uchun muljalangan shlaklar keskin suv; bug‘, xavo bilan sovutilsa ularni faolligi oshadi.
Zamonaviy metallurg zavodlarida granullashni ikkita usulini qo‘llashadi – xul va quruq. Xo‘l usulda qaynok suyuk shlaklar suvli basseynga ko‘yuladi. Basseynlar domna kechlarning yonida joylashgan bo‘lib, ularning sig‘imi 450 – 800m3 va to‘rt burchakli betonn rezervuar ko‘rinishda bo‘ladi xul granullashda 1t shlakni sovutishga 2 – 2,5m3 suv sarflanadi. Ammo bu usulni kamchiliklari bor: olingan shlaklar yukori namlikka ega bo‘ladilar 20 – 30%, quruq usulda granullash barabanli, suv bilan zarb beruvchi asboblarda utkaziladi. Granullargan shlaklar aralashtirishgan shlakoportlandsement, shlakli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda ko‘llanadi.
|
| |