O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 0,57 Mb.
bet3/33
Sana16.01.2024
Hajmi0,57 Mb.
#138802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Gidravlik bog`lovchi moddalar

Ma’ruza. 1


Mavzu:2 Gidravlik bog’lovchilar fanining mutaxassislik uchun axamiyati,mohiyati,fanning maqsad va vazifasi.


Reja: 1. Bog‘lovchi moddalar faniga kirish.
2. Bog‘lovchi moddalar fanining mutaxassislik uchun axamiyati. 3. Bog‘lovchi moddalar fanining maqsad va vazifasi.

Tayanch so‘z va iboralar: bog‘lovchi moddalar, sement, gips, ohak, organik bog’lovchilar, maqsadi, vazifalari.

Hozirgi davrga qadar bog‘lovchi moddalar ikki guruxga bo‘linadilar: mineral (anorganik) va organik moddalar.
Mineral yoki anorganik modda tabiiy moddadan yoki uning kuydirish yo‘li bilan olinadigan moddadan iborat. Kuydirish yuli bilan oli-nadigan moddalar toshlarni yoki binoning tarkibiy qismlarini bir biriga yopishtirish qobiliyatiga ega. Ulardan bunday moddalarni tayyorlashda xam foydalaniladi. Ko‘p ilmiy ishlarda qurilish moddalari, qurilish konstruksiyalari va qismlari ishlab chiqarish xajmini oshirish, modda xajmini, tannarxi va qurilishdagi ishni kamaytiradigan, binoning va qurilishning og‘irligini kamaytiradigan va ularni issiqqa bardoshligini oshradigan maxsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. SHuning uchun xozirgi vaqtda IMSning va tog‘-kon sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalangan xolda qurilish moddalarini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda.
YOnilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish uchun sement, ohak, qurilish maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar elektrni tejaydigan texnologiyaga o‘tmoqda. Bunga kuruk usulda portlandsement ishlab chiqarishni misol qilib kelitirish mumkin. Bu usulda xul usulga nisbatan 1,5-2 marta energiya sarfi iqtisod qilinadi. Sement, beton va boshqa moddalar ishlab chiqarish usulidan ko‘pgina davlatlar xam foydalanmoqda. Sovet, olimlari sement kimyosi va texnologiyasi soxasida bir qancha muxim kashfiyotlarni yaratdilar. Xom-ashyoni quyi xaroratda quydirish va bu jarayonda kam energiya sarflash ana shular jumlasidandir.
Mamlakatimiz eng muxim kurilish moddalari, sement, barkaror temir-beton ishlab chiqarish borasida eng rivojlangan davlatlardan biridir. Xususan, sement va uning turlarining 30 xili ishlab chikarilmoqda.


Qadim zamonlarda parchalangan va butun toshlarni bir-biriga zich joylashtirib yoki band, qavs bilan qisib inshootlar qurishgan. Biroq bunday usulda katta inshootlar qurish qiyin edi, shuning uchun odamlar toshni bir-biriga biriktirishning boshqa yo‘llarini izlay bosh-ladilar. Ular dastlab gildan foydalanishgan, birok gil qurigan vaqtda kichrayadi, bu esa ravshanki, yoriqlar xosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan qutilish maqsadida qumtuprokdan foydalana boshladilar, mustaxkamligini oshirish uchun esa turli xil tolasimon moddalar qushdilar, eramizdan taxminai 3-4 ming yil avval quydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalar paydo buldi. Ulardan eng birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‘lmagan xaroratda.ya’ni I40-190°C da gips tarkibli jinsni kuydirib olingan. So‘ngra ohakdan xam foydalanila boshlandi. Gips va ohakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda gipstosh va ohaktoshning kup tarkalganligi va ularni qayta ishlash osonligi sabab buldi. Gips va ohak quydirilganda o‘zgarish xosil bulishi ulardan bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga keltirgan bo‘lsa ajab emas. Rivojlanayotgan shaxar xo‘jaligiga va yo‘l qurilishiga suvga chidamli, mustaxkamligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi moddalar kerak edi. SHuning uchun barcha mamlakatlarda ohakdan keng foydalanildi, barcha 'ilmiy ishlar esa tarkibi ohakli xom-ashyoning sifatini yaxshilash va bu xom-ashyo asosida qurilish moddalari olish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan.

Jumladan, Rossiyada, xamda qadimgi rus shaxarlari Kiev, Novgorod, Pskov, Rostov va Moskva shaxar devorlarini, ibodatxona va minoralarini qurishda ohakli xom-ashyodan foydalanilgan.
Angliyada Disan Smitontarkibidagiqushimchalari bor kuydirilgan ohak maxsulotini tatbiq etdi. Bu bog‘lovchi modda gidravlik xossaga ega edi, shuning uchun uni gidravlik ohak deb ataldi. So‘ngra esa putssolon va ohak aralashmasidan iborat maxsulot olindi va u romansement deb ataldi.
1825 yilda E.G.CHelievning kitobi nashrdan chiqdi. U o‘z kitobida sun’iy xom-ashyo aralishmasidan iborat bog‘lovchi moddani ishlab chi-qarish texnologiyasi xaqida batafsil yozgan edi. Sun’iy xom-ashyo esa ohaktoshni quydirish natijasida xosil bo‘lgan bir qism ohakdan va bir qism gildan iborat. Bu modda suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra quydiriladi va xosil bo‘lgan maxsulot maydalanadi xamda uni bochkalarga joylashtiriladi. Bunda CHeliev mustaxkamlikni oshirish uchun gips qushishni tavsiya etdi.
CHeliev bilan bir vaktning o‘zida ingliz olimi Djozef Aspdin bog‘lovchi modda -portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini taklif etdi. Bu modda qattiq xolda Portland shaxridagi toshga o‘xshardi. Rossiyadamaxsulot xolidagi portlandsement 1856 yilda Trodzetse shax-rida ishlab chiqarilgan.
Lenin shisha, farfor, albaster, sement ishlab chiqarishni rivojlantirish xaqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, sement ishlab chikarishni ko‘paytirishga aloxida axamiyat bergan. Sement sanoatini rivojlantirishga va qurilishiga portlandsementni tatbiq etishga A.R.SHulyachenko (1841-1903 yy) va boshka ko‘pgina olimlar katta hissa qo‘shdilar. Ular birinchi bo‘lib portlandsement ishlab chiqarishni ruscha variantini taklif etdilar. 1885 yil Rossiyada sement ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi s’ezd tashkil etildi va 1903 yilda birinchi mustaqil jurnal "Sement" ning dastlabki nashri chop etildi. Keyingi yillar davomida sovet olimlari N.M.Belyaev, I.P. Aleksandriy va B.G.Skramtaev beton tayyorlashning xam nazariy, xam amaliy qismiga juda ko‘p yangiliklar kiritdilar.
Birinchi jahon urushi va grajdanlar urushi yillarida sement ishlab chiqarish keskin kamayib ketdi. Sovet davlati amalda sement sanoatini yangitdan tuzishiga to‘g‘ri keldi. Qurilayotgan va qayta tiklanayotgan zavodlar yangi jixozlar bilan ta’minlanadi. Texnologiya operatsiyalarni boshqarish jarayonining avtomatlashtirish soxasida muxim ishlar boshlanib ketdd. Sementning turli xil yangi turlari paydo bo‘ldi. Mineral bog‘lovchi moddalar xakidagi fanni rivojlantirishda xamda uni ishlab chiqarishni tashkil va tatbik etishda atoqli olimlardan Voljenskiy, YU.M. Bunin, V.V.Timashev , M.M. Sыchev , V.D.Gluxovskiy xamda boshqalar faol ishtirok etdilar. Kukunsimon moddalar bog‘lovchi moddalar deb ataladi. Bunday moddalar suv bilan reaksiyaga kirishganda plastik, ya’ni qovushqoq xamir xosil qiladi. Bu xamir esa fizik-kimyoviy jarayon natijasida o‘zidan-o‘zi qotadi. Bog‘lovchi moddalar o‘zning tarkibiga ko‘ra ikkita katta guruxga bulinadi: 1. anorganik (ohak, sement, gips, suyuq,shisha va boshqa); 2. organik (bitum, elim, polimer). Ularni qizdirib, suyuklantirib yoki organik suyukliklarda eritib ishchi xolatga keltiriladi.


Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 0,57 Mb.