|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 26/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarMineral qo‘shimchali sementlar.Aktiv mineral qo‘shichalar (AMQ) tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin.Tabiiylariga diatomit, trepel, opoka, glej, vulqon kuli, tuf, pemza, trass va shu kabilar kiradi.
Sementga AMQ larning kiritilishi ular tarkibidagi aktiv kremnezemning ( SiO2) sement gidratatsiyasidan hosil bo‘lgan Sa (ON)2 bilan reaksiyaga kirishib, havoda va suvda qotadigan kalsiy gidrosilikatlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada sement klinkeri tejalishi bilan birga suv va boshqa agressiv muhitlarga chidamli sementning turlarini hosil qilishi mumkin.
Putssolanli portlandsement (PPS) –klinker, gips va aktiv mineral qo‘shimchalarni birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bunda cho‘kindi jinslar ( diatomit, opoka, trepel ) 20 – 30 %, vulqondan hosil bo‘lgan jinslar (pemza, tuf), gliej va yoqilg‘i kullari 25 -40 % atrofida klinker tarkibiga kiritiladi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibidagi aktiv kremnezem quyidagi reaksiyaga binoan Sa (ON)2 bilan birikadi:
mCa(OH)2+SiO2akt+nH2O+(0,8-15) CaOSiO2pH2O
Kalsiy gidrooksidning biriktirilishi sement toshi birinchi turdagi korroziyasini ogohlantiradi va mustaxkamlikni oshiradi. Putssolanli sement normal sharoitda oddiy sementga nisbatan sekin qotadi. Bu turdagi sement asosidagi betonlar nam va suvli sharoitlarda ishlatilganda gidrat birikmalaridan suvning bug‘lanishi xisobiga kirishadi va qisman mustaxkamligini yo‘qotadi.
SHlakli portlandsement (SHPS) klinker bilan donali domna yoki elektrotermofosfor shlakiga gips qo‘shib maydalab tuyib olinadi. SHlakli portlandsement tarkibida domna shlaki 20-80 % ( sement massasiga nisbatan) atrofida bo‘ladi. SHlak o‘rniga 10 % gacha aktiv mineral qo‘shimchalar ishlatilishi mumkin. Domna shlakning oksid tarkibi (%) : 30 50 SaO; 28-30 SiO2; 8-24 Al2O3; 1-3 MnO. Ularning umumiy miqdori 90-95 % atrofida bo‘ladi.
SHlakning gidravlik aktivligi sifat koeffitsenti bilan aniqlanadi: K=%CaO+%MgO+Al2O3/ %SiO2+%TiO2
Sifat koeffitsentiga qarab shlaklar 3 navga bo‘linadi.SHlaklar ham putssolan qo‘shimchalar kabi kalsiy ishqori bilan kichik asosdagi gidrosilikatlarni ( CaOSiO2*2,5H2O) va gidroalyuminatlarni ( 2CaO*Al2O38H2O) hosil qiladi. SHPS gidratatsiyasi davrida issiqlikning kam ajrab chiqishi ular asosida massiv temir bnton konstruksiyalar tayyorlashda asqotadi. Bu turdagi sementning putssolanli sementlarga nisbatan suvga ehtiyoji kamroq bo‘lib, atmosferaga va sovuqqa chidamligi yuqoridir. Ammo SHPS birinchi sutkalarda sekin qotadi, ayniqsa, past haroratli muhitda. SHlakli portlandsement 300, 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi.
|
| |