|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 27/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarTez qotuvchan shlakli portlandsement o‘ta mayda tuyulishi hisobiga bunday samaraga ega bo‘lib, 3 sut 50 % markadagi mustaxkamlikka ega bo‘ladi. Bu sement turi issiqlik bilan qayta ishlanadigan temirbeton konstruksiyalar olishda, shu jumladan katta o‘lchamli uysozlik panellari ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Gipssementputssolan bog‘lovchilar ( GSPV) gips (50- 75%), sement (15-25%) va aktiv mineral qo‘shimchalar (10-25%) birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bu bog‘lovchida gips boshlang‘ich mustaxkamlikni, sement keyinchalik mustaxkamlikni, aktiv mineral qo‘shimchalar esa qotgan bog‘lovchiga turg‘unlashtiruvchi vazifani o‘tadi. GSPV gidravlik bog‘lovchi bo‘lib, devorbop panellar, sanitariya- texnika kabinalari, boshqa buyum va qismlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar – klinker tuyilayotgan paytida uning tarkibiga 0,25 % ( massa bo‘yicha) lignosulfonatlar va ular asosida olingan gidrofil organik qo‘shimchalar kiritib tayyorlanadi.Bunday sementlar asosida olingan beton va qorishmalar harakatchanligi juda yuqori bo‘ladi.Buning hisobiga beton va qorishmaning suv va sement nisbati pasayadi, zich beton g‘osil bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi ortadi, sement sarfi, beton sifatini pasaytirmagan holda, 10-20 % gacha kamayadi.
Gidrofob sement – klinker tuyulayotganda 0,1-0,2 % milonaft, asidol, yoki kislotalar, kub qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi.Bu sement oddiy oddiy sementga nisbatan gigroskopligi kam bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini yo‘qotmaydi. Gidrofob qo‘shimchalar beton va qorishmalarni qisman plastifikatsiyalaydi, harakatchanligini oshiradi, keyinchalik buyum va kostruksiyalarga yuqori darajada sovuqqa chidamlilikni, suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi. Sementda gidrofob effekt bir necha 10 yillar davomida saqlanishi mumkin.
|
| |