• Ta m po n aj p ortlandsem e nt
  • G iltu p roqli sem e nt
  • O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 0,57 Mb.
    bet28/33
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #138802
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Bog'liq
    Gidravlik bog`lovchi moddalar

    Oq va rangli portlandsementlar.Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq soztuproq asosida olinadi.Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks holda sement noxush ranglarda bo‘lishi mumkin.
    Xomashyo gaz yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni yoki rangi chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar yordamida maydalab kukun holatiga keltiriladi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
    Talabga ko‘ra oppoqlik koeqqitsenti (absalyut shkala vositasida, % nurni qaytarish koeffitsenti yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsent oq sement 1 navi 80 % dan, 2 navi 75 % va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak.
    Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, temir surikli va sh.k) aralashtirib olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish qorishmalari, zinapoyalar, bordyur toshlari, piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi.
    Tamponaj portlandsement –klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida olinadi va asosan neft va gaz bug‘lash ishlarida ishlatiladi.Sement sovuq (22±20S) va issiq ( 75 ±30S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning (S/ S=0,5) egilishdagi mustaxkamlik chegarasidir.
    Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement sifatiga kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) CaO*Al2O3 *SiO2ta’sir ko‘rsatadi. Bir kalsiyli alyuminat CaO*Al2O3 giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida CaO*Al2O3 ham qisman bo‘lishi mumkin. Sement muhit harorati 250 S gacha bo‘lganda yuqori mustaxkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sut.erishgan mustaxkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 min keyin, oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori va uch kalsiyli alyuminatning bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatib bo‘lmaydi.
    Bu sement qimmatboxoligini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 0,57 Mb.