ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI




Download 70 Kb.
bet2/5
Sana22.01.2024
Hajmi70 Kb.
#143014
1   2   3   4   5
Bog'liq
022-20 SKIo'. 2-топшириқ. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. АМАЛИЁТ

ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
6. Ish boshlashdan oldin charxchi quyidagilarga majbur:
6.1. ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va individual himoya vositalarini kiyish, tartibga solish, yeng qaytarmasini tuglash yoki rezina bilan bog'lash, sochlarni bosh kiyimi ostiga yashirish.
7. Quyidagilarni tekshirishi lozim:
7.1. asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqliligini;
7.2. stanokning aylanuvchi qismlari va shpindelning chiqib turuvchi uchlari himoya to'siqlari yaroqliligini;
7.3. oqimli-tortuvchi ventilyasiya va changtutgich qurilmalar yaroqliligi va ishlashini;
7.4. jihozlar yaroqliligi va zaminlash konturining mavjudligini;
7.5. oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini;
7.6. qo'llanilayotgan pardozlovchi toshlarning ruxsat etilgan aylanma tezligi va stanok shpindelining bir minutdagi aylanishlar chastotasi ko'rsatilgan jadval mavjudligini;
7.7. gorizontal o'q bo'ylab aylanma harakatga ega charxlash stanoklarida sinmaydigan oynali aytaruvchi himoya ekranlari mavjudligini;
7.8. himoya ekranlari blokirovkasi (muhofazasi) ishini. Ekranning qaytarib tashlashi stanok shpindelining ishga tushirilishi bilan blokirovka qilinishini;
7.9. flanes va pardozlovchi qism orasida qalinligi 0,5-1mm bo'lgan elastik karton qistirma (prokladka) mavjudligini hamda flanesni qisuvchi gaykalarning tortilish mustahkamligini;
7.10. pardozlovchi charxtosh (ishlatilmagan, yangi) va himoya kojuxi ichki yuzasi orasidagi masofa (zazor) mavjudligi va quyidagi o'lchamlarda bo'lishini:
7.11. diametri 100 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 9 mm;
7.12. diametri 101-300 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 10 mm;
7.13. diametri 301-600 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 15mm;
8. Ish joyini keraklicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish, mahalliy yoritishni ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash.
9. Qo'ltirgak (podruchnik) chekka qismi bilan pardozlovchi charxtosh ishchi yuzasi orasidagi masofani (zazor) rostlash. Bu masofa charxlanayotgan buyum qalinligi yarmidan kichik bo'lishi va 3 mm dan oshmasligi (podruchnikning pardozlovchi charxtosh tomoniga joylashgan chekka qismida o'yiq, singan joyi va boshqa nuqson (defekt)lar bo'lmasligi) shart.
10. Stanok ishini salt yurishda tekshirish.
11. Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmagan holatlarda o'z mulohazalarini smena ustasiga aytish va nuqsonlar tuzatilmaguncha ishga kirishmaslik.



Download 70 Kb.
1   2   3   4   5




Download 70 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI

Download 70 Kb.