• ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
  • 87-savolga javob Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar
  • AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI




    Download 70 Kb.
    bet4/5
    Sana22.01.2024
    Hajmi70 Kb.
    #143014
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    022-20 SKIo'. 2-топшириқ. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. АМАЛИЁТ
    Astronomiya. Kalendar, solenoid-va-toroidning-magnit-maydoni, Davlat byudjet. Byudjet taqchiligi va davlat qarzlari, GLOBAL WARMING, Maxraji 10 dan oshmagan kasrlarni taqqoslash maxrajlari bir XIL , Jismoniy shaxslarning ro yxatga olish ma lumotlari new, Bitiruv malakaviy ishi bmi ning tuzilishi, O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия (3) - копия, O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия (5), 1-amaliyot, Mustaqil ta'lim mavzulari (1)
    AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
    24. Ish vaqtida avariya vaziyatlari yuzaga kelganda charxchi quyidagilarga majbur:
    24.1. ishni to'xtatib, bevosita ish rahbariga xabar qilish;
    24.2. yong'in vujudga kelgan holatlarda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida o't o'chiruvchilarni chaqirish va shuni nazarda tutish kerakki, o'tni o'chirish uchun yonish jarayonini to'xtata oladigan (suv, kimyoviy o'chirish vositalari, qum) moddalar qo'llash;
    24.3. jabrlanganlar mavjud bo'lgan hollarda, jabr ko'rgan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir ko'rsatuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish;
    24.4. jabrlanuvchini qutqarish uchun kerakli choralarning muhimligi tartibiga qarab bajarish, ya'ni nafas yo'llarining o'tkazish qobiliyatini tiklash, sun'iy nafas oldirish, yurakni tashqi uqalash (massaj), qon oqishini to'xtatish, yarani bog'lash va boshqalar;
    24.5. tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini yaqin davolash muassasasiga tashish choralarini ko'rish;
    24.6.voqea joyidagi holatni mumkin qadar saqlab qolish.


    ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
    25. Ish tugatilgandan so'ng charxchi quyidagilarga majbur:
    25.1. stanokni elektr tarmog'idan o'chirish;
    25.2. moslama va asboblarni maxsus birkitilgan joylariga olib qo'yish;
    25.3. ish joyini tartibga keltirish;
    25.4. smenali ishda, stanokni smenachiga yoki masterga topshirish va ish davomida aniqlangan barcha nosozliklar haqida xabar qilish;
    25.5. maxsus ish kiyimi va poyafzalni shkafga olib qo'yish;
    87-savolga javob Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar Ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki texnologik jarayonlarni amalga oshirish davrida ajralib chiqadigan turli xil agressiv va zaharli kimyoviy moddalar, jumladan, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar, tibbiyotda va dori-darmon tayyorlashda, atir-upa, attorlik mollarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddalar ham inson sog‘ligiga atta ziyon yetkazmoqda. Shu sababli, ishlab chiqarishga kimyoning hozirgi suratda kirib borishi insoniyat oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda To‘g‘ri, kimyo bizning hayotimizni yengillatishga va bezashga katta yordam beradi. KImyoviy moddalar yordamida o‘simliklarning hosildorligini oshirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash, qayta ishlash mumkin. Undan atir-upa, tibbiy dori-darmonlar, uy-ro‘zg‘og buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi vaqtda 45 ming turga yaqin kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda, shuningdek, jahon bo‘yicha 300 mln. tonnaga yaqin organik moddalar ishlab chiqarilib, ular yordamida milliondan ortiq buyumlar tayyorlanmoqda. Lekin ishlab chiqarishda foydalani-layotgan ushbu kimyoviy moddalar ma’lum miqdorda havo, 69 suv va oziq-ovqatlar orqali inson tanasiga ham kelib tushmoqdaki, buning natijasida turli xil yuqumli kasalliklar yuzaga kelmoqda. Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrimlari allergenlik (allergik kasalliklarini keltirib chiqarish xususiyati), konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati), mutagenlik (naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik (chala yoki mayibmajruh tug‘ilishni yuzaga keltirish xususiyati), fibrogenlik (tanadagi to‘qimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviy moddalarga, ayniqsa, og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi, azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil va boshqalar) misol bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviy moddalar alohida holda ham, aralashma holda ham inson sog‘lig‘i uchun juda xavfli hisoblanadi. Keyingi yillarda rak kasalligining ko‘payishi, turli xil kasalliklarning yangi turlarini vujudga kelishi, asosan, kimyoning ta’siridandir. Germaniyalik olimlarning ko‘rsatishicha, 1975-yildagi rak bilan kasallangan 20 yoshgacha bo‘lgan erkaklar soni 1955-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘paygan. Qishloq xo‘jaligida har yili minglab tonna o‘g‘itlarning ishlatilishi natijasida ayrim zaharli kimyoviy moddalarni o‘simlik orqali inson sog‘lig‘iga ta’sir etishi kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 1,2 mll. tonnaga yaqin pestitsidlar (biotsidlar) ishlab chiqarilmoqda. Bularning ichida xlorli uglevodorod 
    Download 70 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 70 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI

    Download 70 Kb.