|
(DDT) va fosforning organik birikmasi – Ye - 605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan, DDT
|
bet | 5/5 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 70 Kb. | | #143014 |
Bog'liq 022-20 SKIo'. 2-топшириқ. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. АМАЛИЁТ(DDT) va fosforning organik birikmasi – Ye - 605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan, DDT tuproqda 30 yilgacha saqlanishi va o‘zining zahar-lilik xususiyatini uo‘qotmasligi mumkin. Hozirgi vaqtda DDTning ma’lum miqdoridagi konsentratsiyasi molyuskalar, baliqlar, parrandalardan tortib, Shimoliy va Boltiq dengizi tyulenlari tanasida hamda antraktida baliqlari va parrandalari tanasida ham topilmoqda.
70 DDT inson tanasining yog‘ to‘qimalarida to‘plana borib, nerv sistemasini, jigar, yurak va jinsiy a’zolar faoliyatini buzilishiga ma’lum konsentratsiyaga yetgach esa o‘limga olib keladi. Shu sababli, barcha zaharli moddalarning me’yoriy miqdorini, ua’ni cheklangan ruxsat etilgan miqdorini (REM) aniqlash va ular ustidan qattiq nazorat o‘rnatilishi talab etiladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan va hosil bo‘ladigan 700 dan ortiqroq zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari aniqlanib standart-lashtirilgan va ular ustidan davlat nazoratlari o‘rnatilgan. Davlat standarti bo‘yicha inson sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi xafli moddalar 4 sinfga ajratilgan. 1-sinf – favqulodda xavfli moddalar, REM<0,1 mg/m3; 2-sinf – yuqori xavflilikdagi moddalar, REM=0,1 ...1,0 mg/m3; 3-sinf – o‘rtacha xavflilikdagi moddalar, REM=1,0 ...10 mg/m3; 4-sinf – kam xavflilikdagi moddalar, REM)10 mg/m
Xuddi shuningdek, ushbu zaharli moddalarning havo tarkibidagi o‘limga olib keluvchi miqdorlari 1-sinf uchun 500 mg/m, 2-sinf uchun 500–5000 mg/m3; 3-sinf uchun 5001–50000 mg/m; 4-sinf uchun 50000 mg/m3 dan yuqori. Lekin bu moddalarning havo orqali emas, balki boshqa uo‘llar orqali (masalan, ovqat orqali, ular bilan bevosita muloqot qilish orqali) oshqozonga yoki teriga ta’sir etgandagi o‘limga olib keluvchi miqdorlari bir necha o‘n barobar kichikdir. Masalan, 1-sinfdagi zaharli moddalarning oshqozonga tushgandagi o‘limga olib keluvchi miqdori 15 mg/kg. ga tengdir. Ayrim xavfli va zaharli moddalarning ma’lum konsentratsiyasi portlashga yoki yong‘inga ham olib kelishi mumkin. Masalan, avtomobil benzini xona haroratida 1 m
Ochiq yuzadan 400 g/soat tezlikda bug‘lanadi. Benzin bug‘larining havo tarkibidagi 0,76...5,03% dagi konsentratsiyasi esa portlashga olib kelishi mumkin. Shuningdek, agar havo tarkibida benzin konsentratsiyasi miqdori 3–4 g/m3 bo‘lsa, 2–3 minut ichida insonning ko‘zidan yosh kelishi, qattiq uo‘tal tutishi, yurish muvozanati buzilishi mumkin, benzinning havo tarkibidagi konsentratsiyasi 30–40 g/m 3 bo‘lganda esa, inson 2–3 nafasdayoq hushidan ketadi. Yuqorida keltirilgan zararli changlar, gazlar, agressiv va zaharli moddalardan himoyalanish birinchi navbatda ish joyi havosi tarkibini o‘rganish va uni REM talablari bo‘yicha muvofiqlashtirishni talab etadi. Buning uchun chang miqdorini aniqlashda aspiratordan, gaz miqdorini aniqlashda UG-2, GX-2 rusumli gaz analizatorlaridan foydalaniladi. Ish joyi havosi tarkibidagi zaharli gazlar yoki changlar miqdori aniqlangach, bu miqdor ruxsat etilgan miqdor (REM) bilan taqqoslanib ko‘riladi va ish joyini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Ish joylari havosini sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish uo‘llari, ushbu zararli gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘riladi. Agar ushbu zararli moddalarni yuzaga kelishini oldini olish mumkin bo‘lmasa, u holda ushbu gazlarni ish joyi zonasiga kirish uo‘llari germetiklashtiriladi hamda ish joylariga shamollatish qurilmalari o‘rnatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar yetarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi yoki ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilib masofadan boshqarish tizimlari tatbiq etiladi. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi ishchining sog‘lig‘iga va ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi xopa havosining harorati, nisbiy namligi, havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi orqali tavsiflanadi. Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko‘rsatkich-larning miqdori keng oraliqda o‘zgarib turishi mumkin. Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki issiq davriga, texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida mikroiqlim holatini tavsiflovchi ushbu ko‘rsatkichlarning optimal miqdorlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharoitda ishchi o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Vaholanki, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yordan chetga chiqishi ishchining sog‘lig‘iga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi. Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi haroratining yuqori bo‘lishi inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi kuchayadi, kishining e’tibori hamda ko‘rish va eshitish a’zolarining reaksiya tezligi susayadi.
Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini pasayishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish uo‘llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘lsa yelvizak bo‘ladi. Ma’lumki, ikkala holatda ham inson sog‘ligi va ish qobiliyati yomonlashadi. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim holati ko‘rsatkichlarini aniqlashda bir qancha asboblardan foydalaniladi.
Masalan, havoning harorati – termometrlar, termogratlar, havoning harakatlanish tezligi – katatermo-metrlar va anemometrlar, havoning nisbiy namligi – psixrometrlar, issiqlik nurlanishlari – aktinometrlar va havoning bosimi – barometrlar bilan o‘lchanadi.
|
| |