• Fraksiyali haydash
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muhandislik-texnologiyalar instituti




    Download 1,42 Mb.
    bet12/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #146051
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    REKTIFIKATSIYALASH KALONNASI TIZIMIDA BUG\'LATGICH APARATI HISOBI

    Oddiy haydash Suyuqlik aralashmalarini bir marotaba qisman bug‘latish yo`li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb nomlanadi. Oddiy haydash jarayonini eritma komponentlari uchuvchanligi orasidagi farq katta bo`lgan hollardagina qo`llash maqsadga muvofiq va yuqori samara beradi.
    Oddiy haydash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: fraktsiyali haydash; deflegmatsiya bilan haydash; suv bug‘i bilan haydash; molekulyar haydash.
    Fraksiyali haydash Bu usul haydash kubidagi eritmani atsa-sekin bug‘latish yo`li bilan olib boriladigan ajratish jarayonidir (5.33-rasm).
    Jarayon davomida hosil bulayotgan bug‘ kondensator 2 ga uzatiladi va u erda kondensatsiyalanib, ditsillyat holatida yig‘gich 3 ga yuboriladi. Jarayon tugagandan so`ng, kub 1 dagi kub qoldig‘i chiqarib tashlanadi. Kub 1 to`yingan suv bug‘i yoki tutun gazlari bilan qizdiriladi.
    Eritmani haydash jarayonida kub qoldig‘ida engil uchuvchan komponent miqdori va ditsillyat tarkibidagi miqdori maksimal qiymatdan minimalgacha kamayadi. Shuning uchun, har xil tarkibli ditsillyat fraktsiyalari turli yig‘gichlarga ajratib olinadi. har xil tarkibli maHsulot olishga mo`ljallangan eritmalarni ajratib olish usuli fraksiyali haydash deb nomlanadi.
    Oddiy haydash davrida hosil bulayotgan bug‘ kubdan chiqarib olinadi va har bir onda kubda qolgan eritma bilan muvozanatda bo`ladi.
    Bu usulda haydash atmosfera yoki vakuum otsida olib boriladi. Vakuum otsida haydash usuli issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish imkoniyatini yaratadi, chunki bu usulda qaynash temperaturasi pasayadi. Shuning uchun ham bu usulda haydash davrida pats temperaturali suv bug‘laridan foydalaniladi.
    bu erda F - boshlang‘ich eritma miqdori; xf - boshlang‘ich eritma kontsentratsiyasi; W - kub qoldig‘i miqdori; xw - kub qoldig‘i kontsentratsiyasi.
    Deflegmatsiya bilan haydash.
    Bu usul eritmalarni ajratish darajasini ko`tarish uchun qo`llaniladi (5.34-rasm).
    Bu usulda, kub 1 da hosil bo`lgan bug‘lar deflegmator 2 ga uzatiladi va u erda qisman kondensatsiyalanadi. Qisman kondensatsiyalanish davrida qiyin uchuvchan komponent miqdori ko`p bo`lgan flegma hosil bo`ladi va qaytadan kubga tushiriladi. Kub 1 ga tushish vaqtida ko`tarilayotgan bug‘lar bilan o`zaro ta’sirida buladi.
    Yengil uchuvchan komponent miqdori yuqori bo`lgan bug‘lar kondensatorga yo`naltiriladi. Kondensatsiyalanish natijasida hosil bo`lgan ditsillyat yig‘gich 4 ga tushadi. Kub qoldig‘ining kontsentratsiyasi o`rnatilgan x qiymatiga etganda so`ng, kubdan chiqarib yuboriladi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muhandislik-texnologiyalar instituti

    Download 1,42 Mb.