|
Rektifikatsiya haqida umumiy tushunchalar
|
bet | 14/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #146051 |
Bog'liq REKTIFIKATSIYALASH KALONNASI TIZIMIDA BUG\'LATGICH APARATI HISOBIRektifikatsiya haqida umumiy tushunchalar.
Suyuqlik aralashmalarini tashkil etuvchi komponentlarga bir necha marta qisman bug‘latish va bug‘larni kondensatsiyalash natijasida ajratishga rektifikatsiya deyiladi.
Odatda, eritmalarni to`la ajratishni faqat rektifikatsiya usuli ta’minlaydi. Bu jarayon nasadkali yoki tarelkali kolonnalarda o`tkaziladi. Kolonnada bug‘ va eritma qarama - qarshi yo`nalishda harakatlantiriladi va har bir to`qnashish moslamasida bug‘ kondensatsiyalansa, eritma esa bug‘ning kondensatsiyalanish issiqligi hisobiga qisman bug‘lanadi.
Shunday qilib, bug‘ engil uchuvchan komponent bilan, kolonnadan patsga oqib tushayotgan suyuqlik esa - qiyin uchuvchan komponent bilan boyitiladi. Bug‘ va eritmaning ko`p marta to`qnashishi hisobiga ditsillyat butunlay engil uchuvchan, kub qoldig‘i esa - qiyin uchuvchan komponentdan tarkib topgan bo`ladi.
Rektifikatsiya jarayonini hisoblashda quyidagi tahminlar qabul qilinadi:
a) 1 kmol bug‘ kondensatsiyalanish davrida 1 kmol suyuqlik bug‘lanadi. Demak, rektifikatsion kolonnaning itsalgan ko`ndalang kesimida harakatlanayotgan bug‘ning miqdori bir xildir;
b) deflegmatorda kondensatsiyalanayotgan bug‘ning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, rektifikatsion kolonnadan chiqib ketayotgan bug‘ning tarkibi ditsillyatnikiga teng (ud = xd) bo`ladi;
v) eritma bug‘lanishi davrida uning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, bug‘lanish davrida hosil bo`lgan bug‘ning tarkibi kub qoldig‘inikiga tenglashadi, ya’ni (yw = xw).
Ko`pincha rektifikatsiya jarayoni t - x, y diagramma yordamida tasvirlanadi.
Kontsentratsiyasi x1 bo`lgan boshlang‘ich eritma qaynash temperaturasi t1 gacha qizdirilganda, suyuqlik bilan muvozanatdagi bug‘ olinadi va u kondensatsiyalanganda engil uchuvchan komponentga boyitilgan x tarkibli suyuqlik hosil bo`ladi. Ushbu suyuqlik yana qizdirilsa va uning temperaturasi t2 gacha etkazilsa, hosil bo`lgan bug‘ning kondensatsiyalanishi natijasida x3 tarkibli suyuqlikni olamiz. Shunday qilib, bug‘lanish va kondensatsiyalash jarayoni ko`p marta qaytarilsa, boshlang‘ich eritmani toza, engil va qiyin uchuvchan komponentlarga ajratish mumkin.
|
| |