|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muhandislik-texnologiyalar instituti
|
bet | 2/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #146051 |
Bog'liq REKTIFIKATSIYALASH KALONNASI TIZIMIDA BUG\'LATGICH APARATI HISOBIKurs ishining tuzilishi: Kurs ishi tuzilish jihatdan 2 bob, 4 ta reja, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishi 39 listdan iborat.
I BOB DAVRIY ISHLAYDIGAN REKTIFIKATSION KOLONNALAR
Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo‘llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo‘lib, aralashma qaynash temperaturasigacha isitiladi. Hosil bo‘lgan bug‘lar rektifikatsion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o‘tadi. Bug‘ kolonna buylab ko‘tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida ӯz tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug‘ fazasiga beradi. Bug‘ va suyuq fazalarning bir necha bor o‘zaro kontakti natijasida bug‘ fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat kilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.
Kolonnaning yuqorigi qismidan bug‘lar diflegmatorga o‘tadi va u yerda to‘la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug‘lar to‘la kondensatsiyalanganda hosil bo‘lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so‘ng, yig‘ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon tӯxtatiladi, qoldiq tushiriladi va sikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo‘lishini uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi(13-rasm).
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning prinsipial sxemasi 14 – rasmda ko‘rsatilgan Qurilmaning asosiy qurilmai rektifikatsion kolonnadir. Kolonna silindrsimon shaklda bo‘lib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo‘ladi.
|
| |