|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muhandislik-texnologiyalar instituti
|
bet | 7/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #146051 |
Bog'liq REKTIFIKATSIYALASH KALONNASI TIZIMIDA BUG\'LATGICH APARATI HISOBI
Rektifikatsion (va absorbsion) qurilmalarda asosan yetti xil tipdagi kontakt tarelkalari ishlatiladi:
1) G‘alvirsimon; 2) g‘alvirsimon – klapanli; 3) klapanli; 4) jalyuzali-klapanli; 5) qalpoqchali; 6) g‘alvirsimon kо‘p quyilishli; 7) panjarali. Tarelkalar oralig‘idagi masofa h = 200/1200 mm bо‘lishi mumkin, kо‘pincha h ning qiymati 200; 300; 400; 500 va 600 mm ga teng qilib olinadi.
Neftni qayta ishlash sanoatida qalpoqchali tarelkalar keng tarqalgan. Turli tarelkalarning xarakteristikalari quyida keltirilgan:
Tarelka konstruksiyasi Ish unumdorligi Nisbiy tannarxi
Qalpoqchali 1.0 1.0
S – simon 1.0 – 1.1 0.4 – 0.6
Klapanli 1.1 - 1.5 0.6 – 0.8
Panjarali 1.5 va undan yuqori 0.4 – 0.7
G‘alvirsimon 1.1 – 1.4 0.6 - 0.7
Keltirilgan ma’lumotlar shuni kо‘rsatadiki, qalpoqchali tarelkalar bir qator kо‘rsatkichlar bо‘yicha boshqa turdagi tarelkalarga nisbatan yomonroq.
Distillyatsion va rektifiksion qurilmalarning ishini intensivlash uchun energiyaga bо‘lgan harajatlarni kamaytirish, intensiv gidrodinamik rejimlarni tashkil qilish uchun optimal shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Energetik harajatlarni kamaytirish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: 1) rektifikatson kolonnalarni yaxshi issiqlik himoya qoplamasi bilan qoplash
2) jarayonni optimal flegma bilan olib borish;
3) ikkilamchi issiqlik oqimlaridan ishlab chiqarish extiyojlarini qondirish uchun foydalanish;
4) mumkin bо‘lgan sharoitda qurilmaning kubida suyuqlikni bug‘la-tish uchun о‘tkir bug‘ni ishlatish;
5) issiqlik nasosini qо‘llash;
6) ayrim sharoitlarda, masalan, azeotrop aralashmalarini rektifikatsiyalash paytida har xil bosim bilan ishlaydigan ikki (yoki kо‘p) kolonnali qurilmalardan foydalanish.
Oddiy kolonnalar yordamida aralashma faqat ikki fraksiyaga ajratilishi mumkin. Neftni qayta ishlash zavodlarida esa odatda aralashma bir nechta fraksiyaga ajratiladi. Masalan, neftni haydash natijasida undan benzin, ligroin, kerosin, solyar moyi va mazut ajratib olinadi. Bunday ajratishni amalga oshirish uchun bir nechta ketma-ket joylashgan oddiy kolonnalar talab qilinadi. Kolonnalar soni ajratiladigan komponentlar sonidan birta kam bо‘lishi lozim. Jarayonni bu tarzda tashkil qilish kо‘plab noqulayliklar tug‘diradi va metall sarfining oshishiga sabab bо‘ladi. Shuning uchun ham neft xom-ashyosini 3 va undan ortiq fraksiyalarga ajratish bir kolonnali tizim bо‘yicha amalga oshiriladi. Bunday kolonna bir korpusda yig‘ilgan va ustma-ust joylashgan bir nechta oddiy kolonnadan iborat murakkab kolonna bо‘lib hisoblanadi.
|
| |