UZLUKSIZ ISHLAYDIGAN REKTIFIKATSION KOLONNALAR




Download 1,42 Mb.
bet5/18
Sana25.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#146051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
REKTIFIKATSIYALASH KALONNASI TIZIMIDA BUG\'LATGICH APARATI HISOBI
O`zbek tili va ad.ta\'l.zam ishchi dastur 2018-19 - копия, obyektivka-namuna (1), Функсионал диагностика иши фан дастури 2023й, Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish Tibbiy biologik axboro, TAXLIL 2023 LOTIN, Kiberxavfsizlik 6 amaliyot Parol Hujumi, proba o\'rt ( bitiruvchilar ), таклиф, INKLYUZIV NIZOM, ssenariya, Rescue.asd, Документ Microsoft Office Word, majburiylarga Natural darajagacha sinov 18.01.2023, 370093
1.1 UZLUKSIZ ISHLAYDIGAN REKTIFIKATSION KOLONNALAR
Kolonnali apparatlar – rektifikatsion kolonnalar, adsorbsion, absorbsion, ekstraksion apparatlar metall sig‘imi bо‘yicha neftni qayta ishlash zavodlaridagi barcha qurilmalarning yarmidan kо‘pini tashkil etadi. Fazalarning kontakt usuliga kо‘ra kolonnali apparatlar tarelkali, nasadkali va plenkali turlarga, apparatdagi bosimga kо‘ra atmosfera bosimli, yuqori bosimli va vakuumli turlarga bо‘linadi. Ishlatiladigan barcha kolonnali apparatlarning 60 % i tarelkali va 40 % i nasadkali kolonnalardir. Tayyorlashning qiyinligi va tannarxining yuqoriligi sababli plenkali kolonnalar kam ishlatiladi.
Rektifikatsion qurilmalar asosan ikki turga bо‘linadi:
1. Pog‘onali kontaktli qurilmalar (tarelkali kolonnalar);
2. Uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar).
Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga kо‘ra absorbsion kolonnalarga о‘xshash bо‘ladi. Rektifikatsion kalonnalarni hisoblash ham bir xil tipdagi absorbsion qurilmalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, sо‘ngra rektifikatsion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikatsion kalonnalar (absorber-lardan farqli) qо‘shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan bо‘ladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yо‘qolishini kamaytirish uchun rektifikatsion kalonnalar issiqlik himoyasi bilan qoplanadi.

Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qо‘llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeyevik joylashtirilgan bо‘lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bо‘lgan bug‘lar rektifikatsion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga о‘tadi. Bug‘ kolonna buylab kо‘tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan tо‘yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida о‘z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug‘ fazasiga beradi. Bug‘ va suyuq fazalarning bir necha bor о‘zaro kontakti natijasida bug‘ fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan tо‘yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat kilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.


О‘rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam bо‘lmagan qiymatda qabul qilingan.


Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



UZLUKSIZ ISHLAYDIGAN REKTIFIKATSION KOLONNALAR

Download 1,42 Mb.