- rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi




Download 1,42 Mb.
bet3/18
Sana25.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#146051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
REKTIFIKATSIYALASH KALONNASI TIZIMIDA BUG\'LATGICH APARATI HISOBI

13- rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi:
1-haydash kubi; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitkich; 6,7-yig‘gichlar





14- rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi:
1-isitgich; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitgich; 6-distillyat yig‘gich; 7-qaynatgich; 8-qoldiq mahsulotni yig‘gich

Dastlabki aralashma isitgichda qaynash temperaturasigacha isitiladi, so‘ngra kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga yuboriladi.


Ta’minlovchi tarelka qurilmani ikki qismga (yuqorigi va pastki kolonnaga) bo‘ladi. Yuqorigi kolonnada bug‘ning tarkibi yengil uchuvchan komponent bilan boyib boradi, natijada tarkibi toza yengil uchuvchan komponentga yaqin bo‘lgan bug‘lar diflegmatorga beriladi. Pastki kolonnadagi suyuqlik tarkibidan maksimal miqdorda yengil uchuvchan komponentni ajratib olish kerak, bunda qaynatgichga kirayotgan suyuqlikning tarkibi asosan toza holdagi qiyin uchuvchan komponentga yaqin bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, kolonnaning yuqorigi qismi bug‘ tarkibini oshiruvchi qism yoki yuqorigi kolonna deb ataladi. Kolonnaning pastki qismi esa suyuqlikdan yengil uchuvchan komponentni maksimal daraja ajratuvchi qism yoki pastki kolonna deb ataladi.
Kolonnaning pastidan yuqoriga qarab bug‘lar harakat qiladi, bu bug‘lar kolonnaning pastki qismiga qaynatgich (issiqlik almashinish qurilmai) orqali o‘tadi. Qaynatgich odatda kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan bo‘ladi. Bu issiqlik almashinish qurilmai bug‘ning yuqoriga yӯnalgan oqimi hosil qilinadi. Kolonnaning teppasidan pastga qarab suyuqlik harakat qiladi. Bug‘lar deflegmatorda kondensatsiyaga uchraydi. Diflegmator sovuq suv bilan sovitiladi. Hosil bo‘lgan suyuqlik ajratgichda ikki qismga ajraladi. Birinchi qism flegma kolonnaning yuqori tarelkasiga beriladi. Shunday qilib, kolonnada suyuq fazaning pastga yӯnalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism – distillyat sovitilgandan so‘ng yig‘gichga yuboriladi.
Deflegmatorda bug‘lar to‘la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Birinchi holda kondensat ikkiga bo‘linadi. Birinchi - qism flegma qurilmaga qaytariladi, ikkinchi qism esa distillyat (rektifikat) yoki yuqori mahsulot sovutgichda sovitilgandan so‘ng, yig‘ish idishiga yuboriladi. Ikkinchi holda esa deflegmatorda kondensatsiyaga uchramagan bug‘lar sovitgichda kondensatsiyalanadi va sovitiladi: bu holda ushbu issiqlik almashinish qurilmai distillyat uchun kondensator – sovutgich vazifasini bajaradi.
Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism qaynatgichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki mahsulot) esa sovitgichda sovitilgandan so‘ng yig‘ish idishiga tushadi.
Rektifikatsion qurilmalar odatda nazorat-ӯlchash va boshqaruvchi asboblar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bu asboblar yordamida qurilmaning ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonsni optimal rejimlarda olib borish imkoni tug‘iladi.
Rektifikatsion qurilmalar asosan ikki turga bӯlinadi: 1) pog‘onali kontaktli qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga ko‘ra absorbsion kolonnalarga o‘xshash bo‘ladi. Rektifikatsion kalonnalarni hisoblash ham bir har tipdagi absorbsion qurilmalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastgi kolonna alohida hisoblanadi, so‘ngra rektifikatsion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikatsion kalonnalar (absorberlardan farqli) qӯshimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yo‘qolishini kamaytirish uchun rektifikatsion kalonnalar issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplanadi.







Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi

Download 1,42 Mb.