-rasm. Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari
REKTIFIKATSIYALASH KALONNASI TIZIMIDA BUG\'LATGICH APARATI HISOBI
15-rasmda suyuq va gaz ( bug‘) fazalari o‘rtasida intensiv rejimlarni ta’minlab beruvchi tarelkalarning ayrim turlari ko‘rsatilgan. Ikkita zonali kontaktga ega bo‘lgan tarelkada (4.13-rasm, a) bug‘ suyuqlik plyonkasi tarelkadan quyilayotgan joyda qo‘shimcha kontaktga uchraydi va tarelkadagi suyuqlik qatlamidan o‘tayotgan paytda esa barbotajli rejim hosil qiladi. Bu holat jarayon tezligining ortishiga olib keladi. 15-rasm, b da ko‘rsatilagn kontakt qurilmada sharlar qatlamidan foydalanilganda tarelkalar oralig‘idagi bo‘shliqda suyuqlikning bir-biridan ajratilgan zich plyonkalari hosil bo‘ladi, natijada bunday kolonnadagi gaz (yoki bug‘) ning tezligini g‘alvirsimon tarelkalarga nibattan 3-4 marotaba ko‘paytirish imkoni paydo bo‘ladi. Rotorli qurilmalarda ham fazalar o‘rtasida intensiv kontaktli rejim uyushtiriladi. 16 –rasmda rotorli qurilmalarning ikki har kontakt qurilmalari ko‘rsatilgan. Bunday qurilmalarda markazdan qochma kuch maydoni hosil kilinib, suyuqlik valdagi teshiklar orqali ochib beriladi. Rotorli qurilmalar issiqlikka bardoshsiz sistemalarni vakuum ostida rektifikatsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Bunday qurilmalarning gidravlik qarshiligi kam, biroq rotorni aylantirish uchun qo‘shimcha energiya talab qilinadi. 16-rasm. Rotorli qurilmalarning kontakt qurilmalari (a, b): 1-tarelka; 2-patrubkalar; 3- aylanuvchi konus; 4-tomchi qaytargich; 5- val; 6-quyilish qurilmasi; 7- valdagi teshiklar; 8- tӯlqinsimon parraklar. Distillyatsion va rektifiksion qurilmalarning ishini intensivlash uchun energiyaga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish, intensiv gidrodinamik rejimlarni tashkil qilish uchun optimal shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Energetik xarajatlarni kamaytirish uchun quyidagi ishlar qilingan bo‘lishi kerak: 1) rektifikason kolonnalarni yaxshi issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplash 2) jarayonni optimal flegma bilan olib borish; 3) ikkilamchi issiqlik oqimlaridan ishlab chiqarish extiyojlarini qondirish uchun foydalanish; 4) mumkin bo‘lgan sharoitda qurilmaning kubida suyuqlikni bug‘latish uchun o‘tkir bug‘ni ishlatish; 5) issiqlik nasosini qo‘llash; 6) ayrim sharoitlarda, masalan, azeotrop aralashmalarini rektifikatsiyalash paytida har xil bosim bilan ishlaydigan ikki (yoki ko‘p) kolonnali qurilmalardan foydalanish. Download 1,42 Mb.
|