• III. To‘garak a’zolarining huquq va majburiyatlari
  • IV. To‘garakning tarkibi va uni boshqarish organlari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 0,59 Mb.
    bet2/4
    Sana29.01.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #148234
    1   2   3   4
    Bog'liq
    to\'garak nizomi

    II. To‘garakka a’zolik

      1. To‘garakka mustaqil ravishda ilmiy-metodik ish olib borayotgan, yoki fakultetdagi har qanday kafedraning ilmiy-metodik ishlarida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishni xohlaydigan, shu fakultetda o‘qiyotgan barcha talabalar a’zo bo‘lishi mumkin.

      2. To‘garak a’zoligiga qabul qilish unga a’zo bo‘luvchining to‘garak rahbari nomiga yozgan yozma arizasi hamda bir o‘qituvchining tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.

      3. Har bir a’zoning qabul qilinishi tegishli qaror asosida rasmiylashtiriladi, yangi a’zo to‘garak a’zolari ro‘yxatiga kiritiladi.

      4. To‘garak a’zosi to‘garakdan mazkur Nizom talabalarini buzgan taqdirda to‘garakning umumiy yig‘ilishi qarori bilan chetlashtirilishi mumkin.



    III. To‘garak a’zolarining huquq va majburiyatlari
    To‘garak a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

    1. To‘garakning rahbar organlariga saylash va saylanish.

    2. Ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish.

    3. To‘garak ishida ishtirok etish.

    4. Ilmiy-metodik ishlar tanlovida ishtirok etish.

    5. Turli ijodiy ishlar tanlovi va ko‘riklarda ishtirok etish.

    6. Magistraturaga kirish uchun imtiyozli tavsiyadan foydalanish.

    7. Universitet axborot resurslari markazlari fondlaridan foydalanishda imtiyozlarga ega bo‘lish.

    8. To‘garak rahbarini yozma ravishda ogohlantirgan holda to‘garak a’zoligidan chiqish.


    IV. To‘garakning tarkibi va uni boshqarish organlari
    4.1. To‘garakning tarkibi ilmiy-metodik muammolarni o‘rganishga oid ilmiy seksiyalardan iborat bo‘lib, kafedrada o‘qitiladigan fanlarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqadi. U kafedradagi mavjud ilmiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash asosida shakllanadi.
    4.2. To‘garak boshqaruvining oliy organi uning Umumiy yig‘ilishi bo‘lib, to‘garak starostasi ham shu yig‘ilishda saylanadi.
    4.3. To‘garakning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ijrochi-boshqaruvchi organi to‘garak starostasidir.
    4.4. To‘garakka rahbar kafedra tomonidan undagi yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibidan belgilanadi. To‘garakka umumiy rahbarlik kafedra tomonidan amalga oshiriladi.
    4.5. To‘garak o‘z emblemasiga, shtampi, rasmiy blankiga ega bo‘lishi mumkin.



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 0,59 Mb.