|
VIII. To‘garak yig‘ilishida muhokama etiladigan
|
bet | 4/4 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #148234 |
Bog'liq to\'garak nizomiVIII. To‘garak yig‘ilishida muhokama etiladigan
mavzu va materiallar
8.1. Materiallarning mavzuga ko‘ra saralanishi ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan to‘garak ish rejasiga muvofiq ravishdla tuziladi.
8.2. Talaba tomonidan to‘garakda ma’ruza qilish uchun tanlangan mavzu, albatta, ilmiy rahbar tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak.
8.3. To‘garakda muhokama qilish uchun taqdim etilgan ma’ruza yoki boshqa materiallar ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan talablar bilan muvofiq bo‘lishi shart.
8.4. Mumtoz shoirlar g‘azallarini vaznga muvofiq ifodali o‘qiy oladigan talabalar turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tanlovlarda hamda radio-televidenie eshittirishlarida ishtirok etadi.
IX. Materiallarning nashr etilishi
9.1. To‘garak yig‘ilishlarida muhokama (himoya) etilgan ishlarga oid materiallar muallif bilan kelishilgan holda to‘garak saytida e’lon qilinishi mumkin.
9.2. Eng yaxshi materiallar asosida tayyorlangan ilmiy, metodik maqolalar vaqtli matbuotda nashr etish uchun tavsiya etilishi mumkin.
9.3. Eng yaxshi materiallar to‘garak a’zolarining fikrlarni e’tiborga olgan holda to‘garak sardori va ilmiy rahbar tomonidan aniqlanadi.
X. To‘garakning ilmiy rahbari
10.1. To‘garakning ilmiy rahbarligiga shu to‘garakni tashkil qilgan kafedra professor-o‘qituvchilarigina rahbarlik qilishi mumkin.
10.2. Ilmiy rahbar sardor va to‘garakning faoliyati ustidan umumiy nazoratni tashkil etadi. Uning to‘garak mashg‘ulotlarida shaxsan ishtirok etishga haqlidir.
10.3. Ilmiy rahbarning to‘garak faoliyati haqidagi fikr-mulohazalarining sardor va boshqa a’zolar uchun bajarilishi majburiydir.
XI. Yakunlovchi qoidalar
11.1. Mazkur Nizom to‘garak a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi hamda fakultet kengashining tavsiyasi bilan Universitet ilmiy Kengashida tasdiqlanadi.
11.2. Mazkur Nizomga oid o‘zgarish va to‘ldirishlar to‘garak a’zolarining tashabbusi, to‘garaklarga oid muvofiqlashtiruvchi kengash tavsiyasiga ko‘ra to‘garak a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi.
|
| |