|
V. To‘garak a’zolarining umumiy yig‘ilishi
|
bet | 3/4 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #148234 |
Bog'liq to\'garak nizomiV. To‘garak a’zolarining umumiy yig‘ilishi
5.1. To‘garakning umumiy yig‘ilishi semestr davomida bir marta to‘garak starostasi, kafedra professor-o‘kituvchilari yoki Universitet rahbariyatining tashabbusi bilan chaqiriladi.
5.2. To‘garak Umumiy yig‘ilishining qarori a’zolarning yarmidan ko‘pi ishtirok etgan taqdirda haqqoniy deb hisoblanadi. Barcha qarorlar ishtirok etayotgan to‘garak a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
5.3. To‘garakning umumiy yig‘ilishi:
to‘garakning Nizomini qabul qiladi, unga to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritadi;
to‘garak sardorini saylaydi;
to‘garak starostasi va uning a’zolarining ilmiy-metodik ishlar haqidagi hisobotini eshitadi va muhokama qiladi;
to‘garak faoliyatiga aloqador bo‘lgan boshqa masalalarni qo‘rib chiqadi.
VI. To‘garak sardori
6.1. To‘garak sardori a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi, to‘garak rahbari tomonidan ma’qullanadi, kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi.
6.2. Sardor mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan to‘garak yig‘ilishlarini tayyorlash va o‘tkazishga oid vazifalarni bajaradi.
6.3. Sardor to‘garak Ilmiy rahbari, to‘garak Kengashi oldida hisob beradi, ularning to‘garak faoliyatiga oid bo‘lgan qaror va tavsiyalarini amalga oshiradi.
6.4. Sardor to‘garak Kengashiga o‘kuv yili davomida kamida bir marta to‘garak faoliyati haqida hisob beradi.
6.5. To‘garak Kengashi sardorning kamchiliklari haqidagi masalani kun tartibiga qo‘yishi mumkin. Unga nisbatan ketma-ket ko‘rsatilgan uch va undan ortiq tanbehlarning to‘planib qolishi uning sardor sifatidagi vazifasidan bo‘shatish uchun asos vazifasini bajaradi. Bu to‘garak rahbarining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
VII. To‘garak yig‘ilishlari
7.1. To‘garak yig‘ilishlari jadvali sardor tomonidan to‘garak rahbari bilan kelishgan holda to‘garak a’zolarining istak va qiziqishlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bunda to‘garak yig‘ilishlarida muhokama yoki himoya qilinishi ko‘zda tutilgan ma’ruzalarning umumiy soni ham e’tiborga olinadi.
7.2. To‘garak yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan muddatdan kamida bir hafta oldin ma’ruzachi sardorga to‘garak rahbari ma’qullagan ma’ruza tezislarini taqdim etishi shart.
7.3. Yig‘ilish oxirida sardor yig‘ilish qarori loyihasini tayyorlaydi. Unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
- yig‘ilish o‘tkazilgan joy va sana;
- ma’ruzachining ismi-sharifi;
- ma’ruza mavzusi;
- ma’ruzaning bahosi (u kurs ishi, ilmiy (yoki metodik) maqola sifatida tavsiya etildi, nashr etishga tavsiya qilindi...) ;
- to‘garak ishida qatnashayotgan talabalar ro‘yxati, ilmiy rahbar;
- to‘garak yig‘ilishida bahs-munozaralar, savol va masalalar echimining qisqacha bayoni berilishi kerak.
|
| |