|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish No2 Guruh: 214-21
|
bet | 1/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 114,02 Kb. | | #232146 |
Bog'liq 2-mustaqil ish
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
Mustaqil ish No2
Guruh:214-21.
Bajardi: Abdibayev Nursultan
Tekshirdi: Mamatkulov G`ulom
Toshkent 2024
Mavzu: Istalgan korxonaning Nizomini topib, tanishib, u haqida quyidagi savollarga javob yozish:
Korxona nomi, tarkibiy tuzilishi;
Korxonaning faoliyat sohasi;
Korxonaning ustav fondi va moliyaviy holati;
Korxonaning javobgarligi va majburiyatlari;
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati.
Korxona nomi, tarkibiy tuzilishi
Olmaliq kon-metallurgiya O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega davlatdir. Mamlakatimiz katta zahirali yer osti boyliklariga ega. Zaminimiz tabiiy gaz, qo’ng’ir va tosh ko’mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.
Xususan, Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qoʻroshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi konlar izlari bo’yicha ochilgan.
Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. 36 000 nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.
Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleyev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud.
“Qalmoqqir”, Angren, Chodak va Xondiza kon boshqarmalari hamda “Kovuldi” konining boy zaxiralari, shuningdek, beshta boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi, Avtomobil transport boshqarmalari va Texnologik transport boshqarmalari, Sanoat temiryo`l transport boshqarmasi.
Shuningdek, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik elektr markazi, Sanoat suv ta’minoti sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Loyiha ishlari boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir.
Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan.
Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan.
Bugungi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun 502 million dollardan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 148 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi.
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion soʻmga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion soʻmdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion soʻmni tashkil qiladi.
Shuningdek, bugungi kunda yillik quvvati 160 million tonna rudani qayta ishlashga moʻljallangan “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasi shiddat bilan amalga oshirilmoqda.
Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha boʻlgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdek vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan.
|
| |