Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi




Download 114,02 Kb.
bet4/5
Sana14.05.2024
Hajmi114,02 Kb.
#232146
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mustaqil ish

Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish, rangli va Nodir metallar rudalari yangi konlarini o'zlashtirish sohasida tog'-kon sanoatini yuritish, foydali qazilmalarni olish va ularni kelgusida qayta ishlashni tashkillashtirishning zamonaviy usullari tatbiq etilishini ta'minlashga, rangli va Nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini kuchaytirishga yo'naltirilgan yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
Ishlab chiqarishning yuqori barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, yuqori qo'shilgan qiymatli sanoat mahsulotlarining eksport hajmlarini oshirish maqsadida, shu jumladan mahsulotlar sotiladigan yangi bozorlarni o'zlashtirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlarni olib borish hisobiga tarkibiy islohotlarni, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalashni yanada chuqurlashtirish;
Yangi yuqori texnologik korxonalar qurilishi va ishga tushirilishini, yangi ish o'rinlari yaratilishini, investisiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari samaradorligi va shaffofligini kuchaytirishga qaratilgan loyihaviy boshqaruvning zamonaviy usullari tatbiq etilishini nazarda tutadigan yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishda investisiyalar, shu jumladan chet el investisiyalarining barqaror jalb etilishini ta'minlaydigan faol investisiya siyosatini olib borish;
Ayrim turdagi mahsulotlar va xizmatlar importini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o'rnini bosish va ichki bozorni kerakli mahsulotlar va butlovchi buyumlar bilan ta'minlash jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ustuvor foydalanish asosida tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan rangli, qimmatbaho, Nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasida amaliy tadqiqotlar dasturlarini bajarish doirasidagi ishlarni tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovasiya loyihalarini ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga tatbiq etishda ishtirok etish;
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish, ushbu asosda boshqaruv samaradorligi oshirilishini, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi kamaytirilishini, uning raqobatbardoshligi, shuningdek kombinat moliya-xo'jalik faoliyatining shaffofligi kuchaytirilishini ta'minlash;
Kombinatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, texnik-muhandislar va boshqaruv kadrlar malakalarini oshirish, kooperasiyani oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim va ilmiy muassasalar bilan kuchaytirish orqali ularning qayta tayyorlanishini tashkillashtirish, qattiq raqobatchilik sharoitlarida tarmoqning samarali faoliyat yuritishini ta'minlay oladigan yosh va iste'dodli mutaxassislarni jalb etish.



Download 114,02 Kb.
1   2   3   4   5




Download 114,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi

Download 114,02 Kb.