|
Ruda uzluksiz oqim texnologiyasi qurilishi
|
bet | 3/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 114,02 Kb. | | #232146 |
Bog'liq 2-mustaqil ish3. Ruda uzluksiz oqim texnologiyasi qurilishi
Ruda uzluksiz oqim texnologiyasi qurilish maydonida 6 mln kub metr yer ishlari(100%), 128 ming kub metr(85%) beton ishlari, 19,7 ming tonna armirlash ishlari(88%) bajarilgan. 1 205 dona uzluksiz oqim texnologik konveyrlari metal konstruksiyalari(stav)(90%),18,8 ming dona tayanch roliklari va 9,2 ming m konveyr lentalari montaji amalga oshirilgan.397 8,2 ming tonna texnologik uskunalarni montaji(25%), 11,2 ming tonna(17%) metallkonstruksiya ishlari bajarilgan. Bu ishlarga 397 ishchi va 50 dona maxsus texnika jalb etilgan.2023 yil 23 noyabr kuni 100 nafar yurtimiz va xorijiy OAV vakillari ishtirokida konveyr orali rudalarning birinchi partiyasi sinov tariqasida yuklandi.
4. 3-MBF infrastrukturalari qurilishi
Chiqindi to`plash ombori dambalari poydevori asosini qurilishi bo`yicha 13 mln kub metr er ishlari(22%), 3,2 ming m(10%) quvur yo`tqizish ishlari bajarildi. Bu ishlarga 531 nafar quruvchi va 79 dona maxsus texnika jalb etilgan.
Tashqi suv ta 'minoti obyektlarini qurish bo' yicha (23,5 ming m kub/soat) yer uchastkalari (712 gektar) ajratilib, 113 ta quduq burg'ulandi (jami 120 ta quduq rejalashtirilgan) Qoraxitoy yerosti suvlari havzasi perimetri bo'yicha 59 km (60 %) suv quvuri yotqizildi, shuningdek 855,2 ming kub metr (48%) yer ishlari amalga oshirildi.2,2 ming tonna armirlash ishlari amalga oshirildi(64%). 13,2 ming kub metr (62%) hajmdagi beton ishlari bajarildi. Ushbu ishlarga 531 quruvchi va 79 ta maxsus texnika jalb etilgan.
Bugungi kunda 3-MBF va uning infratuzilma obyektlarida jami 11 088 mutaxassis (yordamchi xodimlar va metall konstruksiyalarni tayyorlash uchastkalari xodimlarini hisobga olmaganda) va 1 280 ta maxsus texnika jalb etilgan.
5. Elektr ta’minot boʻyicha:
“Yoshlik-I” konining tashqi elektr ta’minoti obyektlarini qurish boʻyicha tanlov oʻtkazilib, “O’zelektroapparat-Electroshield” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Ayni paytda 10 km 500 kV elektr liniyasining metall ustunlari toʻliq oʻrnatilib, 7,5 km qismiga sim tortildi.
Shuningdek, asosiy uskunalarni yetkazib berish ishlari yakunlandi (100%), montaj ishlari olib borilmoqda.
7 dona 500/100 transformatorlar oʻrnatildi.
Ob'ekt qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, 2023 yil dekabr oyining oxirida TP-8 podstansiyasi, TP-9 podstansiyasi va portlovchi moddalar zavodi obyektlari bo'yicha obyektni foydalanishga topshirish to'g'risida dalolatnoma rasmiylashtirildi.
|
| |