Jamiyatning faoliyat maqsadi daromad olish hisoblanadi. Jamiyat shuningdek, o'z faoliyatini quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi




Download 114,02 Kb.
bet5/5
Sana14.05.2024
Hajmi114,02 Kb.
#232146
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mustaqil ish

Jamiyatning faoliyat maqsadi daromad olish hisoblanadi. Jamiyat shuningdek, o'z faoliyatini quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi:
Kon va metallurgiya ishlab chiqarishi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Eksportga mahsulotlar sotish va etkazib berish bozorlarini kengaytirish, buyurtmalar portfelining shakllantirishini va mahsulotning kafolatlangan sotilishini ta'minlash;
Investisiyalarni keng joriy qilish, ilg'or chet el firmalari va kompaniyalari bilan birga zamonaviy texnologiyalar negizida va yangi raqobatli afzalliklarni ta'minlaydigan qo'shma ishlab chiqarishlar va korxonalar tashkil qilish;
Jamiyat tarkibiga kiradigan barcha tarkibiy bo'linmalarning umumiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ilmiy-texnika siyosati ishlab chiqish va amalga oshirish, texnika va texnologiyalarning yangi progressiv turlarini joriy qilish;
Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash, yanada yuqori darajada qayta ishlanadigan va qo'shimcha qiymatli mahsulotlarni o'zlashtirish;
Tarmoq va tarmoqlararo kooperasiyani kengaytirish asosida olib kelinayotgan import mahsulotlarining nomenklaturasini qisqartirish;
Asosiy ishlab chiqarishni lokalizasiyalashni chuqurlashtirish va mahsulot ishlab chiqarishdagi import qismlarni kamaytirish;
Jamiyatning asosiy faoliyati rangli, qimmatbaho, noyob va boshqa metall rudalarini qazib chiqarish va boyitish bo'yicha ishlab - chiqarishni tashkil qilish, tozalangan mis, rux metali, qimmatbaho va noyob metallar va ularning qotishmalarini, oltingugurt kislotasi, boshqa turdosh oraliq mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasiga yana quyidagilar kiradi:
Tarkibida rangli va qimmatbaho metallar mavjud bo'lgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni yig'ish va qayta ishlash;
O'zbekiston Respublikasi korxonalaridan kelib tushayotgan, shuningdek, xorijdan import bo'yicha kelib tushayotgan xom-ashyoni qayta ishlash;
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyiha-izlanish, geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish;
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini, qo'riqlash - yong'indan avtomatik tarzda xabar berish va telekuzatuv tizimlarini, ma'lumotlar berish tarmoqlarini loyihalash, montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish;
Kislorod, azot, argon, karbonat kislota va propan ballonlarini ta'mirlash va texnik ko'rikdan o'tkazish;
Yuk va yo'lovchilarni avtotransportda va temir yo'lda tashish;
Portlovchi moddalar va portlaydigan vositalarni ishlab chiqish, ishlab-chiqarish, etkazib berish;
Portlatish ishlarini olib borish;
Qurilish materiallari, konstruktsiyalari va mahsulotlari, jumladan qurilish va oq (Portland) sement ishlab chiqarish;
Turli diametrdagi mis quvurlari ishlab chiqarishni tashkil etish va sotish;
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarga mo'ljallangan materiallar, tovarlar va mahsulotlarni saqlash, omborxonalarga joylash sohasidagi xizmatlarni ko'rsatish;
Umumiy ovqatlanish shahobchalarini tashkil qilish;
Yordamchi qishloq xo'jaliklarini, shirkatlarni rivojlantirish, jamoaviy bog'dorchilik, polizchilik, o'rtoqchiliklarni rivojlantirishga ko'maklashish;
Aloqa, telefonlashtirish, televidenie, shuningdek, lokal kompyuter tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish;
Ta'mirlash-qurilish, qurilish, qurilish-montaj, avariyaga oid ishlarini, yong'in va radiasiya xavfsizligini ta'minlash ishlarini olib borish, jumladan, radioizotop jihozlarni montaj qilish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat ko'rsatish;
Tog'-kon va metallurgiya tarmoqlarida maxsus texnologik liniyalar va asbob-uskunalarni, metall konstruktsiyalar, nazorat-o'lchov asboblari va avtomatlarini montaj qilish va sozlash ishga tushirish, sanitariya-texnik, elektromontaj, izolyasiya va kimyoviy himoya ishlarini bajarish, ishlab chiqarish ob'ektlari, transport va muhandislik infratuzilmalarini qurish;
Tog'-kon va metallurgiya tarmoqlarida tasdiqlangan dasturlar, shuningdek, hududiy rivojlanish dasturlari doirasida "to'liq tugatib topshirish" usulida qurilish, montaj va maxsus ishlarning barcha majmuini amalga oshirish;
Xalq iste'moli mahsulotlari, shuningdek, tikuv mahsulotlari va shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish;
Ishlab chiqarish-texnik maksadlarga mo'ljallangan turli xildagi mahsulotlarni, jumladan, quymalardan nostandart asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;
Keng assortimentli tovarlarning ulgurji va chakana savdosini amalga oshirish, o'zining ulgurji, tijorat, oziq-ovqat, universal do'konlari va supermarketlari tizimini tashkil qilish;
Aholiga barcha turdagi maishiy xizmatlarni ko'rsatish;
Reklama faoliyati, mijozlar buyurtmasiga asosan reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Lizing va ijara;Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish;
Kon-kapital ishlarni amalga oshirish;
Uy-joy kommunal va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatish;
Qishloq xo'jalik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish;
Ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarni, shuningdek, xalq iste'moli mollari, oziq-ovqat mahsulotlarini qonunchilikda o'rnatilgan tartibda ishlab chiqarish va sotish;
Televidenie va bosma nashrlar orqali aholini korxona, shahar, viloyat, respublikaning ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan voqealari haqida xabardor etish;
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Dam olish uylari va maskanlari, davolash-sog'lomlashtirish muassasalari, maktabgacha ta'lim, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari, madaniy va dam olish bog'lari, attraksionlar va aholiga ijtimoiy va madaniy xizmat ko'rsatadigan boshqa muassasalar ishini tashkil etish;
Texnika, texnologiya va boshqa sohalardagi "nou-xau"larni mamlakat ichkarisida va chet ellarda sotish va sotib olish;
Respublika hududida va chet ellarda ko'rgazma, kim oshdi savdolari va boshqa shunga o'xshash tadbirlarni tashkil etish va ularda qatnashish;
Qimmatli qog'ozlar bozorida investisiya faoliyati;
Korxona mablag'lari hisobidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shartnoma asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
Nodir va noyob metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlash soxasida amaliy tadqiqotlar va yangi ishlanmalarni olib borish, Nodir va noyob metallardan, yarim mahsulotlardan, qotishmalardan va boshqa yuqori texnologik mahsulotlardan foydalanish bo'yicha zamonaviy ilg'or texnologiyalarni faol o'rganish va tadbiq etish.
Berilgan kimyoviy va fazaviy tarkibli sof metallar, qotishmalar va kompozision kukunlar olish orqali Nodir va noyob metallarni qayta ishlash bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish va sanoat asosida o'zlashtirish.
Volfram, molibden ishlab chiqarish, Nodir va noyob metallarga chuqur qayta ishlov berish va ulardan ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan buyumlar, qattiq qotishmali asboblar, kimyoviy katalizatorlar, kompozit materiallar va yuqori qo'shilgan qiymatli boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish.
Tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan sanoat yarim mahsulotlarni va buyumlarini ishlab chiqargan holda, Nodir va noyob metallarni chuqur qayta ishlashni, shuningdek respublikaning boshqa korxonalaridan olinadigan Nodir va noyob metallar yarim mahsulotlarini qayta ishlashni ta'minlash.
Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan, qishloq xo'jaligida er unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladigan fosforit mineral o'g'itlarini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo bo'lgan yuvib kuydirilgan fosforit kontsentrati va fosforit uni mahsulotlarini ishlab chiqarish.
O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ta'qiqlanmagan va ushbu Ustavda nazarda tutilgan asosiy yo'nalishlari, vazifalari va maqsadlariga mos keladigan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.
Download 114,02 Kb.
1   2   3   4   5




Download 114,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyatning faoliyat maqsadi daromad olish hisoblanadi. Jamiyat shuningdek, o'z faoliyatini quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi

Download 114,02 Kb.