• Uchinchi bosqichda
  • 1 743 nafar
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish No2 Guruh: 214-21




    Download 114,02 Kb.
    bet2/5
    Sana14.05.2024
    Hajmi114,02 Kb.
    #232146
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-mustaqil ish

    OKMK rivojlanish strategiyasi
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qaroriga muvofiq mazkur loyihani amalga oshirish natijasida:
    loyihaning birinchi bosqichida ya’ni 2021-2025 yillarda 300 ming tonna mis katodi, 25 tonna oltin va 176 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.
    Ikkinchi bosqichda, ya’ni 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 35 tonna oltin va 220 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.
    Uchinchi bosqichda 2030 yilga kelib 500 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 300 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.
    LOYIHANI AMALGA OSHIRISHNING JORIY HOLATI
    1. Yoshlik I koni boʻyicha:
    Yoshlik I konini oʻzlashtirish boʻyicha ishlar jadal olib borilayapti.
    2 smenada ishlar tashkil etilgan.
    Bugungi kunda obyektda togʻ-kon ishlari olib borilmoqda, 1 743 nafar ishchi-xodimlar va 400 donadan oshiq texnika ishlamoqda.
    Bosh loyihachi “Giprotsvetmet” AJ tomonidan bugungi kunga qadar loyihaning birinchi navbati boʻyicha texnik-iqtisodiy ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Ishchi hujjat ishlab chiqilmoqda.
    “Yoshlik I” ruda qatlamiga yetish va uni qazib olish maqsadida tuproq ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 2024 yil 1 yanvar holatiga jami bajarilgan kon qazish ishlari hammasi boʻlib 173,2mln m3 tashkil etmoqda.
    Bundan tashqari, konda vaqtinchalik temiryo’llar va tashqi kommunikatsiyalarni qurish ishlari olib borilmoqda.
    2. 3-Mis boyitish fabrikasi (MOF-3) boʻyicha
    3-son Mis boyitish fabrikasini (3-MBF) qurilishi “Uralmashzavod” OAJ va “Enter Enginnering” konsortsiumi tomonidan “Tayyor holda topshirish” sharti bilan amalga oshirilmoqda.
    Loyihalashtirish ishlariga “Wood” (Italiya), loyiha hujjatlarini texnik jihatdan baholash va qabul qilish uchun “Technip Energies” (Buyuk Britaniya) kompaniyalari jalb qilingan. Shuningdek, «Worley Parsons» qurilish-montaj ishlarini tehnik nazoratini amalga oshiradi.
    Bugun kunda qurilish hududida 17,6 mln (89%) kub metr yer ishlari va 594,3 ming kub metr(76%) beton ishlari, 84,2 ming tonna armirlash ishlari(81%), 8,2 ming tonna texnologik uskunalarni montaji(25%), 11,2 ming tonna(17%) metallkonstruksiya ishlari bajarilgan.
    Bugungi kunda 3-MBF qurilish maydoniga 9837 nafar mutaxassis(metallkonstruksiya tayyoralsh uchastkalari va yordamchi personalni hisobga olmagan holda) va 820 ta maxsus texnika vositalari ishlamoqda.
    Shuningdek, qoldiqlarni saqlash obyektlari bo’yicha zarur boʻlgan yer maydonlari ajratilib, bugungi kunda poydevor qurish ishlari olib borilmoqda.

    Download 114,02 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 114,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish No2 Guruh: 214-21

    Download 114,02 Kb.