• har oyda
  • Vazirning birinchi oʻrinbosari K. Karimov
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘I




    Download 2,01 Mb.
    bet2/2
    Sana09.02.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #153919
    1   2
    Bog'liq
    48-сон баёнга буйруқ бланка

    2024-yil davomida ish vaqtining asosiy qismini raqamlashtirishga safarbar etsin, bunda:
    oliy taʼlim muassasasida vazirlik tomonidan joriy etilgan axborot tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, jumladan, maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri shakllantirish hamda elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish holatiga alohida eʼtibor qaratsin;
    bir oy muddatda oliy taʼlim muassasasini 2024-yilda raqamli transformatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda vazirlikka taqdim etsin;
    har oyda kamida bir marta taʼlim muassasasida raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni ilmiy kengash/kengaytirilgan yigʻilishda muhokama etib borishni yoʻlga qoʻysin;
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda oliy taʼlim muassasasidagi raqamlashtirish jarayonlari jadallashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish, axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadida litsenziyalangan dasturiy va texnik vositalar, xizmatlarni xarid qilish, shuningdek, sohaga masʼul rahbar va xodimlarning malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni taʼlim muassasasining 2024-yil xarajatlar smetasida inobatga olinishini taʼminlasin;
    Oliy taʼlim muassasalarining Raqamli taʼlim texnologiyalari markazlarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin hamda ularga yuqori oylik maosh va munosib ragʻbatlantirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
    8. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi (X. Sultanov) hamda Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi (A. Abdullayev)ga 2024-yilning:
    fevral oyidan boshlab har oyda bitta hududdagi oliy taʼlim muassasalaridagi raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganib borish;
    har choragi yakuni bilan oliy taʼlim muassasalarida mazkur buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi hamda raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni vazirlikning Hayʼat va kengaytirilgan yigʻilishlarida muhokama qilish maqsadida vazirlik rahbariyatiga axborot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
    9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-martdagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 49-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
    10. Ushbu buyruq ijrosi nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.



    Vazirning birinchi oʻrinbosari




    K. Karimov

    Download 2,01 Mb.
    1   2




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘I

    Download 2,01 Mb.